Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

«Tottenhem»da inqilob. Nununing jiddiy rejalari bor

«Tottenhem»da inqilob. Nununing jiddiy rejalari bor

Baho:
+ | -

Shimoliy londonliklarning yangi murabbiyi Eshpiritu Santu va klubning transferlar bo‘yicha mutaxassisi Fabio Paratichi tarkibdagi ayrim o‘yinchilar bilan xayrlashish niyatida. Bu narsa hozirgi moliyaviy qiyinchiliklardan kelib chiqib o‘ylanayotgan reja. Ya’ni bir nechta transfer bilan jamoa sardori va yetakchisi Xarri Keyn saqlab qolinishi yoxud uni sotish ehtimoli mavjud.

Hozirgi kunda unga qiziqish juda katta va uni sotish bilan shporlar yaxshigina mablag‘ jamg‘arishlari mumkin. Aynan mana shu moliyaviy bosimlarni olib tashlash uchun tarkibdagi yettita futbolchini sotish kerak bo‘ladi. Bu haqda «The Athletic» nashri xabar bergan.

Himoyada

So‘nggi paytlarda «Tottenham» himoyasiga havas qilib bo‘lmay qoldi. Shu tufayli eng ko‘p qizil kartochkalar bilan «siylanadigan» afrikalik Serj Orye sotish uchun asosiy variantlardan biri. U «PSJ»dan ko‘chib o‘tganidan beri klubga ancha foydasi tekkan. Ammo rahbarlar uni ketadigan vaqti keldi deb hisoblashmoqda.

Yana bir sotuvga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan himoyachi – bu Devinson Sanches. «Ayaks» klubidan kelajagi porloq yosh yigit sifatida klubga kelgan bo‘lsada, kutilganidek o‘yin ko‘rsatmadi. Shu sababli unga da’vogar klub chiqqudek bo‘lsa, klub uni sotib yuborishga qarshi emas.

Mussa Sissoko. Ajoyib jismoniy qobiliyatlarga ega fransuz futbolchisini klubda ham terma jamoada ham murabbiylar qadrlashadi. Klubda asosan barqaror harakat qiladi. Lekin Londonda uni safari qarigan ko‘rinadi. Shu tufayli transferlar oynasida sotuvga qo‘yilish ehtimoli bor.

Hujumda

Jamoa hujumida shubhasiz, Son va Keyn muhim rolga ega va ikkisi ham boshqa klubga o‘tishi mumkin. Ular butun Premiyer Liga tarixidagi eng yaxshi juftliklar qatorida bo‘lishadi.
Bir nechta yuqori darajali vingerlar ichida sotish uchun tanlangan Erik Lamela ham bor. U juda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda. «Roma»da o‘tkazgan sakkiz mavsumidagi darajasini ko‘rsatib bera olmadi. Shu tufayli endi klub bu yozda u uchun yangraydigan takliflarni eshitishga tayyor.
Lukas Moura. Ushbu futbolchi ham bir paytlar «PSJ» tarkibida yaxshi o‘yinlarni ko‘rsatgan. Londonda ham darajasidan tushib ketmadi. Uning Chempionlar Ligasi doirasida yarim finaldagi «Ayaks»ga qarshi o‘yinda urgan uchta goli «Shporlar» tarixida abadiy qoladi. Uning individual harakatlari orqali o‘shanda klub finalga chiqqan edi. Moura sifatli o‘yinchi bo‘lishiga qaramay, Nuno rejalarida mavjud emas.

E’tibor bergan bo‘lsangiz, «Tottenhem»ning sotishi mumkin bo‘lgan futbolchilar ichida eng asosiysi Garri Keyn. Murabbiy Santu, transfer mutaxassisi Paratichi va klub direktori Daniyel Levi bu borada shoshilmaslikka va futbolchidan maksimum foyda ko‘rishga harakat qilishadi. Tarkibdagi tozalash va yangilash ishlari ham aslida qayta qurishning asosiy fonida yuz bermoqda. Qolaversa, sotuvga qo‘yilajak futbolchilarning ro‘yxati shaxsan Nunu tomonidan tuzilgan.

Jaloliddin Ismatov tayyorladi

Kiritildi: 12:17, 16.07.2021.
O'qildi: 5489 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.