Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

O‘zbekiston U-17 va U-20 ayollar terma jamoalari munosib taqdirlandi

O‘zbekiston U-17 va U-20 ayollar terma jamoalari munosib taqdirlandi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, O‘zbekiston U-17 va U-20 ayollar terma jamoalari Tojikiston mezbonlik qilgan "CAFA U17 & U20 Women’s Championship" xalqaro turnirlarda ishtirok etdi.

Quvonarli jihati ushbu terma jamoalarimiz Markaziy Osiyo futbol konfederasiyasi tomonidan o‘tkazilgan mazkur ikki musobaqada ham zafar quchdi.

Bugun O‘FA Majlislar zalida O‘zbekiston U-17 va U-20 ayollar terma jamoalari murabbiylar shtabi va futbolchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘FA rahbariyati, terma jamoalar murabbiylar shtabi, futbolchilar va ularning ota-onalari, mas’ul mutaxassislar va OAV vakillari ishtirok etdi.

Marosim avvalida O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov futbolchi va murabbiylarni O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov nomidan Markaziy Osiyo chempionatlaridagi muvaffaqiyatli ishtiroki bilan tabrikladi. O‘zbekiston ayollar terma jamoalari kelajakda nafaqat Osiyoda, balki jahon miqyosida ham yetakchi mamlakatlar qatoriga kirishi uchun barcha reja asosida birdek harakat qilishi, o‘z ustida ishlashi muhim ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

O‘z navbatida, bosh murabbiy Ilxom Xanjariyev va terma jamoalar sardorlari ishonchni oqlash, yaratilgan keng imkoniyatlardan foydalanish yo‘lida mehnat qilishlari hamda Osiyo birinchiliklarida munosib ishtirok etib, Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga bor kuchlari bilan harakat qilishga va’da berdilar.

Tadbir yakunida, U-17 va U-20 ayollar terma jamoalarimiz murabbiylar shtabi va futbolchilariga hamda barcha mas’ul mutaxassislarga O‘zbekiston futbol assosiasiyasi nomidan sovg‘alar topshirildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 23:18, 16.07.2021.
O'qildi: 1783 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.