«PSJ» bilan shartnomasini 2023 yilgacha uzaytirgan Maurisio Pochettino o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Baxtliman. Nafaqat o‘zim, murabbiylar shtabi uchun xursandman. Klubning qo‘llab-quvvatlashini his qilish juda muhim va men, albatta, klub rahbari Nosir Al-Helayfi, sport direktori Leonardoga ishonch uchun minnatdorchilik bildiraman.
Umid qilamanki, birgalikda istagan barcha sovrinlarni yutamiz va orzularimizga erishamiz», — deya Pochettinoning so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.