Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Brayton 0-4 Manchester Siti
26/04 16:00 Tailand 3-3 Tojikiston
26/04 19:00 O‘zbekiston 2-0 Saudiya Arabistoni
26/04 19:00 O‘zbekiston 3-3 Eron
26/04 22:30 Iroq 1-0 Vyetnam
26/04 23:45 Frozinone 3-0 Salernitana
27/04 00:00 Monpelye 1-1 Nant
27/04 00:00 Real Sosyedad 0-1 Real Madrid
27/04 16:30 Vest Xem - Liverpul
27/04 17:00 Las-Palmas - Jirona
27/04 18:00 Lechche - Monsa
27/04 19:00 Man. Yunayted - Byornli
27/04 19:00 Vulverhempton - Luton
27/04 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
27/04 19:00 Nyukasl - Sheffild Yunayted
27/04 19:15 Almeriya - Xetafe
27/04 21:00 Yuventus - Milan
27/04 21:30 Everton - Brentford
27/04 21:30 Alaves - Selta
27/04 23:45 Lasio - Verona
28/04 00:00 Aston Villa - Chelsi
28/04 00:00 PSJ - Gavr
28/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
28/04 15:30 Inter - Torino
28/04 16:00 Mets - Lill
28/04 17:00 Kadis - Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem - Arsenal
28/04 18:00 Bornmut - Brayton
28/04 18:00 Loryan - Tuluza
28/04 18:00 Klermon - Reyms
28/04 18:00 Strasbur - Nissa
28/04 18:00 Bolonya - Udineze
28/04 19:15 Granada - Osasuna
28/04 20:05 Renn - Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli - Roma
28/04 21:00 Atalanta - Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion - Monako
28/04 23:45 Fiorentina - Sassuolo
29/04 00:00 Marsel - Lans
29/04 00:00 Betis - Sevilya

Yosh bo‘lsada, yulduzga aylanib ulgurgan futbolchilar

Yosh bo‘lsada, yulduzga aylanib ulgurgan futbolchilar

Baho:
+ | -

Zidan, Ronaldinyo, Bekxem, Kaka, Xavi kabi futbolchilar faoliyatini tugatganiga ancha bo‘lgan. Zamonamizning eng yaxshi futbolchilar hisoblangan RonalduMessi, Ibragimovich, Inyesta kabi futbolchilarning ham davri tugab bormoqda. Futbol o‘zi shunday narsa, garchi yulduzlar futboldagi faoliyatini tugatsa ham, ularning o‘rniga birin-ketin yangi yulduzlar paydo bo‘la boshlaydi. Yaqinda SIES internet portali 2000 yilda tug‘ilgan eng yaxshi futbolchilarning 10talik reytingini e’lon qildi. Hozir esa biz sizlarga ushbu futbolchilarning yulduzlik darajasiga yetguncha bosib o‘tgan yo‘li, terma jamoadagi faoliyati haqida hikoya qilamiz.

10. Jonatan Devid. 

"Lill" jamoasi hujumchisi

14 yanvar kuni 21 yoshini qarshi olgan Jonatan Fransiyaning "Lill" jamoasining hujumchisi hisoblanadi. 2020 yilda Belgiyaning "Gent" jamoasidan fransuslar safiga borib qo‘shilan. Devidning kelajagi bor o‘yinchilar qatoriga qo‘shsak bo‘ladi, chunki kanadalik futbolchi o‘tgan mavsumlarda Belgiya klubi safida 50 uchrashuvda maydonga tushib, 30 golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan edi. O‘tgan mavsum futbolchi Fransiyadagi birinchi mavsumini o‘tkazganini, qolaversa yosh futbolchiligini hisobga olsak "Lill" safida ajoyib mavsum o‘tkazdi. Hujumchi fransuzlar safida Liga 1 musobaqasi doirasida 37 o‘yin o‘tkazib 13 gol urishga erishdi. Hozirda Jonatanning transfer narxi 30 million yevroni tashkil qiladi. Kanada milliy terma jamoasiga 2018 yildan beri chaqiruv olayotgan "Lill" futbolchisi, hozirgacha 13 uchrashuvada 11 marta raqiblar posbonini xafa qilishga erishgan.

9. Deyan Kulushevski

"Yuventus" yarim himoyachisi

Deyan Kulushevskini "Yuventus"ning eng istiqbollii o‘yinchilaridan biri sifatida qaralmoqda. Sababi shvesiyalik bu futbolchi joriy mavsumda turinliklar safida ancha ishonchli o‘yinlar namoyish etmoqda. Joriy mavsumda Deyan A seriyada 35 uchrashuvda maydonga tushib, 4 golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yishga erishgan, qolaversa Italiya kubogida ham 4 o‘yinda 2 gol kiritishga erishgan. Albatta, bu natija 21 yoshli futbolchi uchun yaxshi hisoblanadi. Shuningdek, 2017 yildan beri Shvesiya milliy jamoasi a’zosi hisoblanadi. Mutaxasislarning fikricha, Kulushevski nafaqat "Yuventus"ning, balki Shvesiya terma jamoasining ham markazdagi eng ishonchli o‘yinchilaridan biriga aylanishi mumkin. Ayni paytda transfermarket.com sayti Deyanning narxini 45 million yevro etib baholamoqda.

 

8. Ferran Torres

"Manchester Siti" hujumchisi

Ispaniyaning "Valensiya" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan Torres, hozirgi kunda Angliyaning "Manchester Siti" jamoasi futbolchisi hisoblanadi. Ferran 2020 yilda angliyaliklar safiga ko‘chib o‘tgan. Ispaniyalik futbolchi ba’zi o‘yinlarda o‘zini ko‘rsatayotgan bo‘lsada, lekin "shaharliklar"ning asosiy tarkib o‘yinchisi hisoblanmaydi. Sababi "Siti" safida bir qancha yetakchi futbolchilar bor. Ammo Torres Angliya jamoasining kelajakdagi ishonchli futbolchilaridan biri bo‘lishiga shubha yo‘q. Shuning uchun ham Gvardiola ushbu futbolchidan ko‘p narsa kutayotganini yashirmayapti. Ferran hozirgacha "Manchester Siti" safida 24 uchrashuvda maydonga tushib, 7 golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Shuningdek, o‘tgan mavsumdagi Chempionlar Ligasida ham ispaniyalikning omadi kelgan. "Shaharliklar"ning safida ushbu musobaqada 6 uchrashuvda qatnashib, 4 marta raqiblar postini ishg‘ol qilgan. 2000 yilda tug‘ilgan futbolchi uchun ushbu ko‘rsatkich yomon emas, chamamizda. Agar, biror-bir klub Torresni safiga qo‘shib olishni xohlashsa, "Manchesterm Siti" hisob raqamiga 50 million yevro mablag‘ni o‘tkazib berish talab etiladi.

6. Pedro Neto

"Vulverxemton" hujumchisi

Portugaliyalik murabbiy Espiritu Santush "Vulverxemton" jamoasining boshqaruviga kelgandan so‘ng, klubga portugal futbolchilarini ko‘proq jalb qilishni boshlagan. Pedro Neto ham mazkur futbolchilardan bir hisoblanadi. 2000 yilda tug‘ilgan Neto ayni paytda vulverxemtonliklarning asosiy tarkib o‘yinchilaridan biridir. Hujumchi ikki mavsumdan beri, "bo‘rilar" safida 57 bahsda maydonga tushgan. Ushbu uchrashuvlar doirasida esa 8 marta gol kiritishga erishgan. Garchi, statistika tomondan Pedro maqtana olmas, lekin undagi yetakchili qobiliyati, qolaversa to‘p bilan ishlay olishi juda yuqori. Portugaliyaning turli yosh toifali jamoalarida o‘zini ko‘rsatgandan keyin, 2018 yilda bosh jamoa safiga ham chaqiruv oladi. Hozirgacha terma jamoada atigi 4 marta maydonga tushgan bo‘lsada, 2 marta gol urishni eplagan. Hozirda Pedroning transfer narxi 27 million yevroni tashkil etadi.

5. Vinisius Junior

"Real Madrid" hujumchisi

2018 yilda Madridning "Real" jamoasi Ronalduni "Yuventus"ga sotib yuborgandan so‘ng, yoshroq va iqtidorliroq futbolchini jamoaga jalb qilishni maqsad qildi. Shuning keyin, Braziliyaning "Flamengo" jamoasidan Vinisius Junior ismli futbolchini sotib olgani haqida e’lon qildi. Garchi braziliyalik iqtidor dastlabki mavsumidan ajoyib o‘yin ko‘rsata olmagan bo‘lsa ham, ba’zi uchrashuvlarda o‘ziga bildirikgan ishonchni oqladi. Junior "Real"dagi 4 mavsumi davomida ichki chempionat doirasida 70 uchrashuvni o‘tkazgan va o‘z hisobiga 8 gol yozdirib qo‘yishga erishgan. Hozirada Vinisiusning narxi 45 million yevroni tashkil qiladi.

4. Sven Botman

"Lill" himoyachisi

O‘tgan mavsumda Fransiya chempionatida kutilmagan natija ro‘y berdi. Ya’ni "Lill" jamoasi Liga 1 musobaqasida chempionlikka erishdi. "PSJ"ning gegemonligiga o‘rganib qolgan muxlislar uchun bu kamdan-kam uchraydigan hodisa hisoblanadi. "Lill"ning bu kabi ajoyib o‘yin ko‘rsatishida, jamoaning gollandiyalik futbolchisi Sven Botmanning ham mehnatlari katta. 2000 yilda tug‘ilgan ushbu futbolchi fransuz klubining himoya qo‘rg‘onida joriy mavsumda ajoyib o‘yinlar ko‘rsatmoqda. 2020 yilda "Ayaks"dan xarid qilingan futbolchi ushbu mavsumdagi Fransiya chempionatida deyarli barcha uchrashuvlarda maydonga tushib kelmoqda va jamoasining g‘alabalariga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Botmanning narxi transfermarket.com saytida 25 million yevro ekanligini ham aytib o‘tish lozim.

3. Erling Holand

"Borussiya D" hujumchisi

Erling Holand nomini eshitmagan futbol muxlislari dunyoda yo‘q bo‘lsa kerak. Sababi ushbu 21 yoshli futbolchi ayni paytda nafaqat Germaniya chempionatida, balki Yevropani ham birin-ketin zabt etib kelmoqda. Norvegiyalik futbolchi "Borussiya D" jamoasidagi ikkinchi mavsumini o‘tkazmoqda. O‘tgan mavsumda Bundesligada 15 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 13, Chempionlar Ligasida esa 8 uchrashuvda 10 gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Erlingning Germaniyadagi ikkinchi mavsumi ham ajoyib tarzda o‘tmoqda. Ushbu mavsumda 28 uchrashuvda, 27 gol kiritishga erishgan. Tasavvur qiling, u atigi 21 yoshda. Chempionlar Ligasidagi samaradorligi undanda yuqori, 8 o‘yin, 10 gol. Aqlga sig‘mas darajadagi natija. Norvegiya terma jamoasi safida 7 bahsda maydonga tushib, 8 marta raqiblar posbonini ranjitishga erishgan. Hozirgi kunda Holandning xaridorlari juda ko‘p. Agar, qaysi jamoa norvegiyalik iqtidorni o‘zida ko‘rishni xohlasa, dortmundliklarga 110 million yevro miqdoridagi pulni berishiga to‘g‘ri keladi.


2. Alfonso Devis

"Bavariya" himoyachisi

Ushbu futbolchi 2018 yilda Kanadaning "Vankuver" klubi safidan, myunxenliklar safiga borib qo‘shilgan. Ushbu vaqtdan beri, "Bavariya"ning ikkinchi va asosiy jamoalari tarkibida o‘ynab kelmoqda. Devis o‘tgan mavsumda "nemis mashinasi" tarkibida 29 uchrashuvda maydonga tushib, 3 marta gol urishni uddaladi. Albatta, bu himoyachi uchun yaxshi natija hisoblanadi. Joriy yilgi mavsumda ham Alfonsoning natijasi yaxshi. 23 o‘yin, 1 gol. Kanada terma jamoa safida ham yaxshi ajoyib o‘yinlar o‘tkazgan. 2017 yildan beri, 14 uchrashuvda maydonga tushib 5 gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda "Bavariya" futbolchisining narxi transfermarket.com saytida 75 millon yevro etib ko‘rsatilgan.

1. Jadon Sancho

"Manchester Yunayted" hujumchisi

Mazkur angliyalik futbolchi "Manchester Siti" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Lekin 2017 yilda "Borussiya" jamoasi "shaharliklar"dan angliyalik futbolchini sotib oldi. Bir necha mavsum davomida Germaniya klubining dublida to‘p tepib yurdi. 2018/19 yilgi mavsumdan asosiy jamoaga taklif etilgan futbolchi super natija qayd etdi. 19 yoshli futbolchi 34 uchrashuvda 12 gol urishga erishgan. O‘tgan mavsumda ham 32 marta maydonga tushib, 17 golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Ushbu mavsumdagi natijasi ham yomon emas. 21 uchrashuvda, 6 marta raqiblar posbonini ranjitishga erishdi. Bir necha kun oldin Sancho Anliyaga qaytdi. Biroq, "Siti"ga emas, balki hamshahari "Yunayted" futbolchisiga aylandi. Yangi mavsumda Jeydon qanday natija ko‘rsatishini esa yaqin kunlarda bilib olamiz. 

Kiritildi: 23:56, 24.07.2021.
O'qildi: 2912 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.