Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Eldor “Roma”ga o‘tsa zaxirada qolib ketadimi?

Eldor “Roma”ga o‘tsa zaxirada qolib ketadimi?

Baho:
+ | -

Futbol TV Studiya ko‘rsatuvida ham aytgan fikrimni bu yerda yozishga va aniqroq ifodalashga urinaman. Boisi, biz studiyada mavzu bo‘yicha gaplashgach bu boradagi xabarlar yanada ko‘paydi – Eldor Shomurodov “Roma”ga o‘tishga yaqin ekan.

Menimcha, Eldor uchun hozir mavsumni “Djenoa”da boshlash bilan “Roma”da boshlash o‘rtasida katta farq yo‘q. Nega? Aksariyat muxlislar – u hozirgi jamoasiga endi ko‘nikdi, yana bir mavsum o‘ynasin shu yerda, Rimga borsa zaxirada qolishi, “Roma” va Mourinyo o‘yin uslubiga tushmasligi mumkin, deyishmoqda. Qo‘shilmayman.

Aksariyat “Djenoa”ning o‘yin uslubi farqli ekani, ular mavsumda ko‘plab o‘yinlarda ikkinchi raqam ostida o‘ynashi, bu esa Eldordan, boshqa hujumchilardan va umuman jamoadan ham ko‘p vaqtni to‘psiz o‘tkazishni talab etishini asos sifatida keltirmoqda. “Roma”da nisbatan unday emasligi rost. Biroq, men buning ziddiga boshqa fikrni qo‘yaman. Rim jamoasining yarim himoyasi juda kuchli, aytish joiz bo‘lsa, Genuya klubi yarim himoyasi bilan solishtirib bo‘lmas darajada kuchli. Hozir Nikola Dzaniolo, Genrix Mxitaryan, Amadu Diavara va Lorenso Velau kabi futbolchilar bor bu chiziqda. Eldor kabi hujumchilarga yaxshi pleymeyker juda zarur. Agar u yuqorida nomi tilga olingan futbolchilardan eng kamida biri bilan yaxshi tandem bo‘lib, bog‘lam qura olsa samaradorlik o‘sishi mumkin. Masalan, Rossiya chempionatida ham Eldor aksar jamoalar bilan birinchi raqamda harakat qiladigan “Rostov”da yo‘qolib qolmagan. Ha, daraja boshqa, ammo o‘lchovlar o‘xshash bu yerda.

Hujumda raqobat kuchli, zaxirada qolib ketadi, deyishmoqda. Bu albatta bahsli masala, Mourinyoning zaxirasida kimlar qolib ketmagan deysiz? Lekin hamyurtimizning o‘zi ham aytganidek chaqiriqlardan qo‘rqish kerak emas, ularni qabul qilib yengib o‘tish lozim.

Edin Jeko – hozircha qoladi. So‘nggi vaqtlarda unga boshqa top jamoalar masalan, “Milan” va “Yuventus” qiziqayotgani haqida mish-mishlar yurgandi. Futbolchining o‘zi esa ularni rad etib, faqat “Roma” haqida o‘ylayotgani to‘g‘risida aytgan. O‘ylashimcha, u bilan raqobat qilish mumkin. Aslida Djeko, Mayoral, Pedro, El Sharavi, Peres kabi hujumchilari bor klub millionlab yevro sarflab yana hujumchi izlamasligi kerak edi. Biroq, izlayaptimi, demak murabbiy ulardan qoniqmayapti. Nazdimda, Rim klubidagi hujumchilarning hech biri butun mavsum uchun barqaror asosiy tarkibga yuz foiz tormaydi. Boz ustiga klub ko‘p jabhada, jumladan, yangi Konferensiyalar ligasi turnirida ham kurash olib borishi lozim. O‘ylashimcha, barcha hujumchilarda o‘zini ko‘rsatish uchun imkon yetarli bo‘ladi.
 
Nima bo‘lganda ham qarorni tomonlar va futbolchining o‘zi qabul qiladi. Biz Eldorning parvozi baland va davomiy bo‘lishini istaymiz. U top chempionatda o‘zini ko‘rsatib ulgurdi. Endi navbat top jamoaga kelib qoldi, nasib!

Omad, Shoma!

Orif Tolipov.

Manba: https://t.me/tolipovuz
Kiritildi: 08:04, 29.07.2021.
O'qildi: 10913 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик