34 yoshli darvozabon Jo Xart faoliyatini «Seltik»da davom ettiradi. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bitimning barcha tafsilotlari allaqachon hal qilib bo‘lingan. «Seltik» Xartning hozirgi klubiga («Tottenxem») 1 million funt sterling moliyaviy tovon puli to‘laydi.
Ma’lumot uchun, Xart amaldagi klubi «Tottenxem»da deyarli zaxira o‘yinchisiga aylangandi. U tarkibda doimiy joy topish uchun «Seltik»ka o‘tmoqda.