Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Tokio-2020. Ikkinchi oltin! Akbar Jo‘rayev — olimpiada chempioni!

Tokio-2020. Ikkinchi oltin! Akbar Jo‘rayev — olimpiada chempioni!

Baho:
+ | -

Yaponiyadagi yozgi olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegasiyasi ikkinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Og‘ir atletikaning 109 kg. vazn toifasidagi sportchimiz Akbar Jo‘rayev olimpiya o‘yinlari chempionligini qo‘lga kiritdi.

Hamyurtimiz dast ko‘tarish mashqida 193 kg. tosh ko‘tarib, ikkinchi o‘rinni egalladi. Uning asosiy raqibi Simon Martirosyan esa 195 kg. bilan 1-o‘rinni egalladi.

Akbar siltab ko‘tarish mashqida ilk urinishda 227 kg.ni o‘ziga bo‘ysundirib, kamida kumush medalni naqd qilib qo‘ydi ham armanistonlik atlet bilan taktik kurashga kirishdi.

Jo‘rayev ikkinchi urinishda 234 kg.ga buyurtma berdi, ammo uni ko‘tarishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Vatandoshimizda so‘nggi urinish qolgani bois, murabbiylar buyurtmani 237 kiloga o‘zgatirishdi. Akbar Jo‘rayev uni muvaffaqiyatli ko‘tardi va olimpiada rekordini o‘rnatdi.

Simon esa ham olimpiya rekordini yangilash, ham oltin medalni qo‘lga kiritish uchun 238 kg.ga buyurtma berdi. Ammo arman sportchisi qolgan ikki urinishida ham bu og‘irlikni ko‘tara olmadi. Taktik kurashda o‘zbekistonlik murabbiylar raqibni yengishdi.

Natijada, Akbar Jo‘rayev o‘z vazn toifasida chempionlik unvoniga sazovor bo‘ldi. Martirosyan esa bu safar ham kumush bilan cheklanmoqda (Rio-2016da u Ruslan Nuriddinovdan ortda qolgandi.

Og‘ir atletika, erkaklar, 109 kg.

1. Akbar Jo‘rayev (O‘zbekiston) — 193 + 237 (OR) = 430 kg. (OR)
2. Simon Martirosyan (Armaniston) — 195 + 228 = 423 kg.
3. Artur Plesniyeks (Latviya) — 180 + 230 = 410 kg.
4. Timur Naniyev (Rossiya) — 188 + 221 = 409 kg.
5. Xristo Xristov (Bolgariya) — 189 + 219 = 408 kg.
6. Yun Seong Jin (J.Koreya) — 180 + 220 = 400 kg.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:53, 03.08.2021.
O'qildi: 8350 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.