Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Tokio-2020. Balandlikka sakrash. Sa’dullayeva finalga chiqdi, Radzivil esa...

Tokio-2020. Balandlikka sakrash. Sa’dullayeva finalga chiqdi, Radzivil esa...

Baho:
+ | -

Yaponiyadagi yozgi olimpiya o‘yinlarida bugun yengil atletikaning balandlikka sakrash turida ikki nafar hayurtimiz saralash bahslarida ishtirok etishdi.

Faoliyati davomida to‘rtinchi olimpiadada ishtirok etayotgan Svetlana Radzivil saralash bahslarida biroz og‘irroq harakat qildi. U 182 va 186 sm. balandliklarni bir urinishda zabt etgan bo‘lsa, 190 sm.dan esa uchinchi urinishda sakrab o‘tdi. Biroq 193 sm. balandlikni hamyurtimiz 3ta urinishda ham zabt eta olmadi. Vaholanki, Radzivilning shaxsiy rekordi 197 sm bo‘lib, u mazkur natijada joriy qilda qayd etgan edi.

Final yo‘llanmasi uchun norma 195 etib belgilangani uchun 34 yoshli Svetlana saralashdayoq o‘z ishtirokini yakunladi.

23 yoshli Safina Sa’dullayeva esa o‘z guruhida 2-o‘rinni band etdi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Sirdaryolik qizimiz 186, 190 va 193 sm. balandliklardan ilk urinishdayoq o‘tib ketgan bo‘lsa, u 195 sm.ni ikkinchi urinishda zabt etdi.

Shu tariqa, Sa’dullayeva finalda ishtirok etadigan 14 nafar atlet safidan o‘rin oldi. Final esa 7 avgust sanasiga belgilangan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:39, 05.08.2021.
O'qildi: 7114 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик