Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Futzalchilarimiz Ispaniya, Portugaliya va Argentinaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Futzalchilarimiz Ispaniya, Portugaliya va Argentinaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Litvada o‘tadigan 2021-yilgi Jahon chempionatiga hozirlik ko‘rayotgan O‘zbekiston terma jamoasi uchun 6-13 avgust kunlari Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etiladi.

Shundan so‘ng, futzalchilarimiz 14-avgust sanasida Toshkent-Istanbul-Madrid havo reysi orqali
Ispaniyada o‘tadigan xorijiy yig‘inga yo‘l oladi. Bahodir Ahmedov murabbiyligi ostidagi terma
jamoamiz Madrid va Malaga shaharlarida Ispaniya va Argentinaga qarshi o‘rtoqlik
uchrashuvlarida maydonga tushadi.

Rejaga ko‘ra, vakillarimiz mashg‘ulotlarni 25-31 avgust kunlari Portugaliyada davom ettiradi va yig‘in mobaynida Portugaliya, Kosta-Rika va Angola futzal terma jamoalari bilan o‘rtoqlik
o‘yinlari o‘tkazadi.

Futzalchilarimiz Portu shahridagi yig‘inni yakunlab, 31-avgust kuni Litva poytaxti Vilnyus
shahriga yo‘l oladi. Shuningdek, 6-sentabr sanasida O‘zbekiston futzal terma jamoasi Jahon
chempionati mezbonlari hisoblangan Litva bilan o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etadi.

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari

15-avgust
Ispaniya – O‘zbekiston

19-avgust
Ispaniya – O‘zbekiston

21-avgust
Argentina – O‘zbekiston

26-avgust
Kosta-Rika – O‘zbekiston

27-avgust
Portugaliya – O‘zbekiston

29-avgust
Angola – O‘zbekiston

6-sentabr
Litva – O‘zbekiston

Murabbiylar shtabi mazkur o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari uchun 16 nafar futzalchini jalb etgan.

Manba: Uzbekistan Football Association
Kiritildi: 18:50, 05.08.2021.
O'qildi: 2628 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик