"Chelsi" hujumchisi Temmi Abraxam faoliyatini "Roma"da davom ettiradi. Bu haqida jurnalist Janluka Di Marsio xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, rimliklar allaqachon 23 yoshli inglizning transferi borasida kelishib olishgan.
Manbada aytilishicha, "Roma" Temmi uchun London klubi hisob raqamiga 35-40 million yevro atrofida o‘tkazib beradi.