Calciomercato nashri xabariga ko‘ra, "Lester" va "Sevilya" "Shalke" himoyachisi Ozan Kabakga qiziqish bildirmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, klublar 21 yoshli turkiyalikni yozgi transfer oynasi uchun sotib olmoqchi.
2020/21 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida Kabak "Liverpul"da ijarada o‘ynagan. Futbolchi mersisaydliklar tarkibida 13 ta o‘yin o‘tkazgan.
Transfermarket portali futbolchining qiymatini 25 million yevroga baholamoqda.