Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Akbar Jo‘rayev: «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoniga loyiq ko‘rishganidan boshim osmonga yetdi»

Akbar Jo‘rayev: «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoniga loyiq ko‘rishganidan boshim osmonga yetdi»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Kuni-kecha XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni e’lon qilindi va unda O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasining bir qator vakillarining mehnati ham e’tirof etildi.

Jumladan, Tokio-2020 g‘olibi va rekordchisi Akbar Jo‘rayev «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Tadbirdan so‘ng, Jo‘rayev federasiya matbuot xizmatiga bergan intervyusida taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:

«Uzoq yillik mehnatimiz samarasiz ketmaganidan xursandman. Bu nafaqat mening, balki butun o‘zbek xalqining g‘alabasi.

Musobaqaga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan yurtboshimizga tashakkur. Sportga bo‘lgan e’tibor tufayli ushbu g‘alabalarni qo‘lga kiritdik.

Olimpiada rekordini o‘rnatganimdan juda mamnunman. Shuningdek, ustozlarimga, meni qo‘llab turgan, men uchun duoda bo‘lgan barcha-barchaga rahmat aytmoqchiman.

«O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoniga loyiq ko‘rishganidan boshim osmonga yetdi. Ushbu unvon menga qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi va o‘ziga yarasha mas’uliyat ham yuklaydi.

Kelgusi musobaqalarda, jahon va qit’a chempionatlari hamda Parij Olimpiadasida ham yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarishga bor kuchim bilan harakat qilaman», — deydi Jo‘rayev.

Manba: @OlympicUz
Kiritildi: 10:02, 18.08.2021.
O'qildi: 1681 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик