Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

AGMK O‘zbekiston kubogidagi yurishini boshlaydi: ilk raqib - "Neftchi" (prevyu)

AGMK O‘zbekiston kubogidagi yurishini boshlaydi: ilk raqib - "Neftchi" (prevyu)

Baho:
+ | -

AGMK jamoasi O‘zbekiston kubogi doirasidagi navbatdagi yurishini boshlash arafasida. Jamoamiz ushbu musobaqada ketma-ket 3 yil finalga qadar yo‘lni bosib o‘tgan va bir marta bosh sovringa ham egalik qilgan. Bu gal yaxshi niyat va yuqori maqsad sari O‘zbekiston kubogi doirasida yo‘lga chiqishni maqsad qilgan. AGMK joriy mavsum kubok musobaqasida o‘z ishtirokini amaldagi g‘olib "Paxtakor" kabi nimchorak final bosqichini boshlamoqda. Qolgan jamoalar, xususan nimchorak finaldagi raqibimiz "Neftchi" ham guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, ushbu bosqichga yo‘llanma oldi.

Bo‘lajak raqib "Neftchi" ayni damda Pro ligada ishtirok etmoqda va peshqadam jamoalar safida ketmoqda. "Neftchi" jamoasini joriy mavsumdan e’tiboran Ilhom Mo‘minjonov boshqarib kelmoqda.

AGMK va "Neftchi" jamoalari barcha musobaqalarda jami 26 marotaba to‘qnash kelishgan. O‘zaro o‘yinlardagi ustunlik farg‘onaliklar tarafida. AGMK "Neftchi" bilan o‘yinlarda 7 marta g‘alaba qozongan, 13 o‘yinda ustunlik farg‘onaliklar tarafida bo‘lgan va qolgan 6 bahsda esa durang qayd etilgan. To‘plar nisbati – 32:47, "Neftchi" foydasiga.


O‘yinni yosh hakam G‘ayrat Jo‘rayev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi. Ushbu referi ilk bor jamoamiz ishtirokidagi bellashuvda ishlash arafasida.

Uchrashuv 19 avgust kuni Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida soat 19:00da boshlanadi. O‘yin karantin cheklovlari tufayli muxlislarsiz o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.


O‘zbekiston kubogi. 1/8 final
19 avgust, payshanba.

AGMK – "Neftchi" (19:00)

Hakamlar: G‘ayrat Jo‘rayev, Sherzod Kamarov, Sardor Hakimov, Abdurashid Xudoyberganov
Nazoratchi: Rashid Aytekov
Komissar: Muhammadsodiq Sodiq-Ohunov

Manba: https://t.me/pfcagmk
Kiritildi: 23:00, 18.08.2021.
O'qildi: 2286 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.