Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mikael Sekeyra: «Xuddi o‘tgan o‘yindagi kabi so‘nggi daqiqada e’tiborni yo‘qotdik»

Mikael Sekeyra: «Xuddi o‘tgan o‘yindagi kabi so‘nggi daqiqada e’tiborni yo‘qotdik»

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Mikael Sekeyra O‘zbekiston kubogining nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yin borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Birinchi bo‘limda jamoamiz o‘zining yaxshi tomonlarini ko‘rsata oldi. Dastlabki 10 daqiqalikda «So‘g‘diyona» yaxshi harakat qildi. 15-20 daqiqadan keyin o‘z o‘yinimizni topib oldik va raqibdan ko‘ra yaxshiroq harakat qilayotgandik. Hisoblanmagan golimiz bo‘lgan vaziyatda ofsayd bo‘lmagan edi deb hisoblaymiz. Ikkinchi bo‘limning 20 daqiqaligida ham yomon o‘yin ko‘rsatmadik. Penalti ham tepdik. Bo‘lib turadi. Xuddi o‘tgan o‘yindagi kabi so‘nggi daqiqada e’tiborni yo‘qotdik.

Futbolchilarimdan xursandman. Ular g‘alaba uchun qo‘lidan kelganicha harakat qildi. Mehnati uchun futbolchilarimga minnatdorlik bildiraman. «So‘g‘diyona»ni g‘alaba bilan tabriklayman", — dedi Sekeyra.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 22:26, 20.08.2021.
O'qildi: 2274 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик