Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Skudettodan ayrilgan «Yuventus», Mourinyoning qaytishi yoxud A Seriya boshlandi

Skudettodan ayrilgan «Yuventus», Mourinyoning qaytishi yoxud A Seriya boshlandi

Baho:
+ | -

A Seriyaning o‘tgan mavsumini qaysidir ma’noda tarixiy bo‘ldi, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. “Inter” “Yuventus” gegemonligini sindirdi va shu bilan birga 11 yil ichida birinchi marta mamlakat chempioni bo‘ldi. “Milan” nihoyat Chempionlar Ligasiga qaytdi. “Atalanta” o‘zining yetukligi va top-klub maqomini tasdiqladi. “Napoli”ga esa har doimgidek nimadir yetishmadi. Italiya chempionatining boshlangan yangi mavsumi yanada qiziqarli va hayajonli bo‘lishni va’da qilmoqda. Keling, yangi mavsumdan nimalar kutishimiz mumkinligi haqida so‘z yuritamiz.

Yetakchilarsiz qolgan “Inter”
Amaldagi chempionda bo‘lgan o‘zgarishlardan boshlaymiz. Yozda “Inter” jamoaning eng yaxshi futbolchilariga aylangan Romelu Lukaku va Ashraf Hakimiyni boshqa klublarga sotib yubordi. Moliyaviy tomondan qaraydigan bo‘lsak, ular bunga majbur edi. Lekin endi ularning o‘rnini egallaydigan futbolchilar jamoaga taklif qilinmadi. Hakimiy o‘rniga “qora-ko‘klar” PSVdan Denzel Dumfrisni 12,5 million yevroga sotib oldi. Niderlandiyalik o‘z chempionatida yaxshi o‘yin ko‘rsatdi, ammo uning A Seriyada qanday o‘ynab ketishi so‘roq ostida qolmoqda. Xo‘sh, 35 yoshli Edin Jeko Lukakuning o‘rnini bosa oladimi, albatta, yo‘q. Simone Indzagi “Lasio” bilan titullar qo‘lga kiritgan, lekin mutaxassis “Skudetto”ni himoya qila oladimi? Bu yangi mavsumning asosiy intrigalaridan biri.

Mourinyoning qaytishi


Joze Mourinyoning “Roma”ga bosh murabbiy qilib tayinlanishi A Seriyaning mavsumlararo eng katta yangiliklaridan biri bo‘ldi. Portugaliyalik katta natijalarga erishgan chempionatiga qaytdi. Ammo bu natijalar qayd etilganiga 10 yildan oshdi. Rim klubiga tayinlanish, bir tomondan, mutaxassisga chaqiriqday bo‘lishi mumkin. Tanqidchilarga hali ham top darajadagi murabbiy ekanligini ko‘rsatish uchun. “Bo‘rilar” Mourinyo boshchiligida o‘zini qanday ko‘rsatishi juda qiziq. Ular Konferensiyalar ligasiga katta ahamiyat berishlari dargumon. “Roma”ning asosiy kuch e’tibori, albatta, A Seriyaga qaratiladi. Maqsad chempionlik bo‘lmasa ham, Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi. Albatta, portugaliyalikning Rimga kelishi “Roma”ni yanada mashhurroq qiladi, lekin natijlarga ham e’tibor qaratish kerak.

Skudettodan ayrilgan “Yuventus”


O‘tgan mavsum “Yuventus“ uchun chin ma’noda fojiali yil bo‘ldi. “Byankoneri” ketma-ket to‘qqiz yildan beri hech kimga bermay kelayotgan chempionlikni boy berdi. Chempionlar Ligasini erta tark etdi va chempionatning so‘nggi turida Chempionlar Ligasi yo‘llanmasiga ega chiqdi. Turinliklar Andrea Pirlo bilan tajribani tugatishga qaror qildi va Massimiliano Allegrini bosh murabbiy o‘rindig‘iga qaytardi. Bu mutaxassis bilan ularning chempionlik uchun imkoniyatlari sezilarli darajada oshadi. Qolaversa, “Yuventus” transfer bozorida juda yaxshi ishlayapti. “Byankoneri“ umidli hujumchi Kayo Xorxe bilan shartnoma imzoladi, “Shalke”dan Veston MakKennini sotib oldi va “Sassuolo”dan Manuel Lokatellini ijaraga olishdi. Darvoqe, Lokatelli A Seriyaning o‘tgan mavsumi eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘lgan edi. Bu mavsumda Ronalduni jamoada saqlab qolgan turinliklarda chempionlik taxtiga qaytishga barcha imkoniyati yetadi.

Sarrining “Lasio”da ish boshlashi


Sarrining “Lasio”ga tayinlanishi biroz ajablanarli hodisa bo‘ldi. Chunki mutaxassisning avvalgi boshqargan klublari “Yuventus” va “Chelsi” ekanligini hisobga olgan holda. Italiyalik murabbiyga o‘z jamoasini tuzib olish uchun kamida 1 mavsum kerak. Murabbiyga vaqt berilishi ham mumkin, lekin futbolchilar saviyasi uning talablariga javob beradimi? Sarri “Chelsi”ni qisman shu sababli tark etgandi, chunki londonliklar yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolay olmadi. Rimda mutaxassis jamoani mustahkamlash uchun ko‘p pul olmasligi aniq va “burgutlar”ning tarkibi esa ancha yoshi katta futbolchilardan iborat. Eng muhimi, yangi murabbiyning uslubi futbolchilar Indzagi boshqaruvida o‘rganib qolgan o‘yindan butunlay farq qiladi. Umuman olganda, “Lasio” yangi mavsumda hamma uchun jumboqli jamoa bo‘lib maydonga tushadi.

"Milan"ning ambisiyalari
O‘tgan mavsumda “Milan” A Seriyada 2-o‘rinni egalladi va bu jamoa uchun katta muvaffaqiyat bo‘ldi. “Rossoneri” uzoq vaqtdan beri Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga chiqishdi, lekin bu bilan cheklanib qolmasliklari kerak. Endi “qizil-qoralar” ikki jabhada teng darajada kurashishlari kerak bo‘ladi. Boshlangan mavsumda Stefano Pioli shogirdlari jiddiy jismoniy kuch sinovidan o‘tadi. Ammo “Milan”ning ambisiyalari bor va klub doimiy ravishda tarkibni kuchaytirish ustida ishlamoqda. “Rossoneri” Liga 1'ning eng yaxshi darvozabonlaridan biri Mayk Menyan va tajribali Olivye Jiru bilan shartnoma imzoladi. Shuningdek, “qizil-qoralar” jamoaga yaxshi qo‘shilib ketgan himoyachi Fikayo Tomori va yarim himoyachi Brahim Diasni saqlab qolishdi. “Milan” o‘sishda davom etmoqda va endi o‘z oldilariga jiddiy marralarni qo‘ysa bo‘ladi.

“Napoli”ning umidlari
O‘tgan mavsumda “Napoli”ga Chempionlar Ligasiga chiqish uchun bitta ochko yetishmadi. 2020/21 yilgi mavsumda neapolliklar A Seriya turnir jadvalida 7-o‘rinni egallashdi. “Napoli” prezidenti Aurelio De Laurentis kelasi mavsumdan umidlari katta ekanligini aytib o‘tdi. Bu hamma murabbiy va klib egalari gapiradigan gaplar sirasidan. Lekin maqsadlarga erishish uchun 2 yildan beri ishsiz bo‘lgan Luchano Spalettining bosh murabbiy qilib tayinlanishidan tashqari hech nima qilinmadi. De Laurentisning o‘zi mavsum boshlanishidan oldin jamoa bilan muammolar borligini tan oldi. “Napoli” ikki himoyachisini va yarim himoyachisini yo‘qotdi, faqat “Inter”dan qanot himoyachisi Matteo Politanoni sotib oldi. Bundan tashqari, darvozabon David Ospina, hujumchi Dris Mertens va jamoa sardori Lorenso Insinye jamoadagi so‘nggi mavsumini o‘tkazayotgan bo‘lishlari mumkin. Chunki ularning shartnomalari mavsum yakunida o‘z nihoyasiga yetadi. Neapolliklar doimo o‘zlarini nimadir yetishmayotgan jamoa sifatida ko‘rsatadilar. Yangi mavsumda ham shunday bo‘ladimi, buni esa vaqt ko‘rsatadi.

Ruslan Maksimov tayyorladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 17:04, 22.08.2021.
O'qildi: 3939 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.