Kataloniyaning "Barselona" klubi markaziy himoyachisi Klement Langle faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Corriere dello Sport nashri xabariga ko‘ra, "Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyo yangi himoyachi futbolchi bilan tarkibni kuchaytirmoqchi va 26 yoshli fransuzni "ko‘k-anorranglilar"dan sotib olmoqchi.
Qayd etilishicha, "Barsa" Klementni 25 million yevro evaziga boshqa klubga qo‘yib yuborishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Langlening "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi yozda faqat 2026 yilda tugaydi.