Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Metallurg» - «Mash’al» o‘yinida mojaro yuz berdi. Har ikki tomon jabrdiyda

«Metallurg» - «Mash’al» o‘yinida mojaro yuz berdi. Har ikki tomon jabrdiyda

Baho:
+ | -

O‘zbekiston chempionatining 16-turidan o‘rin olgan «Metallurg» - «Mash’al» uchrashuvida muborakliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Bekobodliklar matbuot xizmati mazkur mag‘lubiyatga quyidagicha izoh berdi.

"Mag‘lubiyatlar ko‘payib borayotganligi muxlislarimizni ranjitishi bor gap. Biroq mag‘lubiyat bilan mag‘lubiyatning farqi bor. Mana ikkinchi uchrashuvdirki, “Metallurg” hakamlarning xatosi evaziga maydonni bosh egib chiqib ketishga majbur bo‘lmoqda. “Bunyodkor”ga qarshi o‘yinda VARning vaziyatga bemavrud aralashuvi hamda 15-daqiqadayoq maydonda bir kishi kam bo‘lib qolgan “Metallurg” mag‘lubiyat alamini totgandi. O‘yindan keyin O‘FA hakamlar qo‘mitasi “Metallurg” PFKning “qizil kartochka” bo‘yicha norozilik xatini ko‘rib chiqib, bekobodliklar foydasiga hukm chiqardi. Qizil kartochka sariqqa aylandi. Ammo natija o‘zgarishsiz qoldi-ku.

Endi esa “Mash’al” bilan uchrashuvni boshqarib borgan G‘ayrat Jo‘rayevning “antiqa” qarorlari “Metallurg”ni yana 3 ochkodan mahrum etdi. Namanganlik hakam uchrashuv davomida “Mash’al” darvozasiga ikkita yuz foizlik penaltini belgilamadi. O‘yindan keyin hatto “Mash’al” futbolchisining o‘zi tan oldi: “Kutilmaganda qo‘limga to‘p kelib tegdi. Bo‘ldi tamom, hozir hakam penalti belgilaydi, dedim. Yo‘q, baxtimizga hakam o‘yinni davom ettirishni ko‘rsatdi”. Bu hisob 1:1 bo‘lib turgan bir paytda – 76-daqiqada sodir bo‘lgan holat e’tirofi. Birinchi penaltili vaziyat esa 25-daqiqada kuzatilgandi.

O‘yin davomida “tizginni qo‘ldan chiqarib yuborish”, ketma-ket yanglish qarorlar qabul qilish ehtimol hakamning yoshligi, tajribasizligi bilan izohlanar. Biroq VAR bormayotgan o‘yinga yosh hakamning tayinlanishining o‘zi xatomasmikin? Biz kelajagi porloq deb, kutayotgan hakamlardan birini “sindirib” qo‘ymayapmizmi? Nazdimizda, O‘FA hakamlar departamenti bu savolga ham javob izlashi kerakka o‘xshaydi. Lekin, nima bo‘lganda ham, qanday qaror qabul qilinganida ham bundan “Metallurg”ga yengil bo‘lmaydi. Jamoa yana g‘alabadan – uch ochkodan mahrum bo‘lib, musobaqa jadvalida quyiga sho‘ng‘ishda davom etyapti. Oxiri baxayr bo‘lsin...".

Odatda matbuot anjumanidan keyin g‘alaba qozongan jamoalarning bosh murabbiylari birinchi bo‘lib jurnalistlar huzuriga chiqishi kerak. “Metallurg” – “Mash’al” uchrashuvidan keyin esa muborakliklar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumaniga chiqishni istamadi.

Bunga esa "Mash’al" matbuot xizmati quyidagicha izoh berdi.

"Metallurg" futbol klubi xavfsizlikni ta’minlamangligi uchun "Mash’al" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumaniga qatnashmaydi... ("Metallurg" jamoasi boshlig‘i Shavkat Saidov o‘yindan keyin Xomyakovga musht tushirgani jonli efir paytida tasvirga tushib qolgan).

O‘z uyida «Mash’al»dan tarsaki yegan «Metallurg» klubi rahbariyati, «Mash’al» va uning delegasiyasini murabbiyi va futbolchilari haqorat qildi. U ham kamlik qilgandek bosh murabbiyni kaltaklashdi.  Bunday sharmandali va o‘ta xunik xolatga  PFL mas’ullari nima deyisharkin?  Bu borada O‘FA dan ham munosabat kutib qolamiz.

Xohlashsa chempionatdan haydashadi. Hammasi kamlik qilayotgandida, endi musht ham tushirishdi. «Metallurg» direktori «Paxtakor» yoki «Lokomotiv» murabbiyiga ham musht tushirib ko‘rsinchi. O‘zini yuziga darhol tarsaki tushadi!

«Mash’al»ga bo‘lgan bugungi sharmandali hurmatsizlikka janoblar qanday chora bilan javob qaytarishini jim turib kuzatamiz!", — deyiladi muborakliklar matbuot xizmati tarqatgan bayonotda.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:35, 26.08.2021.
O'qildi: 3382 marta.
Fikrlar: 27 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик