Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

Tokio-2020: Ertaga 8 nafar paralimpiyachimiz bahslarda ishtirok etadi

Tokio-2020: Ertaga 8 nafar paralimpiyachimiz bahslarda ishtirok etadi

Baho:
+ | -

Ayni kunlarda Tokio shahrida XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Ertaga 8 nafar o‘zbekistonlik sportchi bahslarga kirishadi.

Jumladan, Toshkent vaqti bilan soat 05:30 dan boshlab para yengil atletikaning uzunlikka sakrash turida T11 klassida Asila Mirzayorova, soat 06:19 da para yengil atletikaning disk uloqtirish turida F55 klassida Nurxon Qurbonova medallar uchun kurashda ishtirok etadi.

Soat 06:30 dan boshlab para dzyudo bellashuvlariga start beriladi. Shu kuni erkaklar o‘rtasida ikki nafar hamyurtimiz: -60 kg vazn toifasida Sherzod Namozov va -66 kg vazn toifasida Uchqun Quronboyev yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Soat 06:46 da para suzuvchimiz Shohsanamxon Toshpo‘latova ayollar o‘rtasida S13 klassida 400 metr masofaga erkin usulda suzish bo‘yicha saralashda ishtirok etadi.

Soat 07:10 da para akademik eshkak eshuvchilarimiz – Otabek Qo‘chqorov hamda Feruza Bo‘riboyeva PR2 mix 2X klassida 2000 metr masofaga bo‘ladigan bahsda qatnashadi.

Soat 07:44 da T37 klassida ayollar o‘rtasida 200 metr masofaga yugurish bo‘yicha saralashda Sabina Suxanova ishtirok etadi.

Manba: paralympic.uz
Kiritildi: 21:47, 26.08.2021.
O'qildi: 3377 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик