Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Yevropa ligasi. Guruh bosqichi qur’asi haqida batafsil ma’lumot

Yevropa ligasi. Guruh bosqichi qur’asi haqida batafsil ma’lumot

Baho:
+ | -

Bugun Yevropa ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlanadi. Qur’a marosimi haqida batafsil ma’lumot berib o‘taamiz.

Qachon?
Qur’a tashlash marosimi 27 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi. Tadbir Istanbulda bo‘lib o‘tadi.

Kimlar ishtirok etadi?
Bu galgi guruh bahslarida 32ta jamoa ishtirok etadi (avvalgi yillarda 48ta edi). 12ta jamoa guruh bosqichi yo‘llanmasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 10ta jamoa saralash bosqichi orqali ushbu bosqichga chiqdi. Yana 10ta jamoa esa Yevropa chempionlar ligasi saralash bosqichida muvaffaqiyatsizlikka uchragani uchun o‘z ishtirokini Yevropa ligasida davom ettiradi.

Angliya: "Lester", "Vest Xem"
Ispaniya: "Real Sosyedad", "Betis"
Italiya: "Napoli", "Lasio"
Germaniya: "Ayntraxt", "Bayer"
Fransiya: "Lion", "Olimpik", "Monako"**
Portugaliya: "Braga"
Niderlandiya: PSV**
Shotlandiya: "Seltik"*, "Reynjers"*
Avstriya: "Rapid" Vena*, "Shturm"*
Rossiya: "Lokomotiv", "Spartak"**
Serbiya: "Srvena zvezda"*
Belgiya: "Antverpen"*, "Genk"**
Turkiya: "Fenerbaxche"*, "Galatasaroy"*
Gresiya: "Olimpiakos"*
Daniya: "Mityulland"**, "Brondbyu"**
Chexiya: "Sparta"**
Xorvatiya: "Dinamo" Zagreb**
Bolgariya: "Ludogores"**
Vengriya: "Ferensvarosh"**
Polsha: "Legiya"*

Izoh:
* — Yevropa ligasi saralash bosqichi g‘oliblari;
** — Yevropa chempionlar ligasi pley-off va 3-saralash bosqichidan chiqib ketib, Yevropa ligasiga o‘tgan jamoalar.

Savatchalar
Qur’adan oldin jamoalar UYEFA klublar reytingi asosida 4ta savatchaga quyidagicha taqsimlanishgan:

1-savatcha: «Lion» (Fransiya), «Napoli» (Italiya), «Bayer» (Germaniya), «Dinamo» Zagreb (Xorvatiya), «Lasio» (Italiya), «Olimpiakos» (Gresiya), «Monako» (Fransiya), «Braga» (Portugaliya).

2-savatcha: «Seltik» (Shotlandiya), «Ayntraxt» Frankfurt (Germaniya), «Srvena Zvezda» (Serbiya), «Lester» (Angliya), «Reynjers» (Shotlandiya), «Lokomotiv» (Rossiya), «Genk» (Belgiya), PSV (Niderlandiya).

3-savatcha: «Marsel» (Fransiya), «Ludogores» (Bolgariya), «Vest Xem» (Angliya), «Real Sosyedad (Ispaniya), «Betis» (Ispaniya), «Fenerbaxche» (Turkiya), «Spartak» (Rossiya), «Sparta» Praga (Chexiya).

4-savatcha: «Rapid» (Avstriya), «Galatasaroy» (Turkiya), «Legiya» (Polsha), «Midtyulland» (Daniya), «Ferensvarosh» (Vengriya), «Shturm» (Avstriya), «Brondbyu» (Daniya), «Antverpen» (Belgiya).

Qur’a mexanizmi
Qur’a jarayonida final uchrashuvi elchisi Andres Palop va maxsus mehmon Markos Senna ishtirok etishadi.

Bir guruhda bir mamlakatning ikki jamoasi ishtirok etishi mumkin emas. Boshqa cheklovlar haqida qur’a jarayonida ma’lum qilinadi.

Marosimda Yevropa ligasi mavsum-2020/21ning eng yaxshi futbolchisiga sovrin topshiriladi. O‘tgan yillarda ushbu sovrinni Romelu Lukaku, Eden Azar, Antuan Grizmann va Pol Pogba qo‘lga kiritishgan.

Taqvim

Guruh bosqichi o‘yinlari quyidagi sanalarda bo‘lib o‘tadi:

1-tur: 16 sentyabr
2-tur: 30 sentyabr
3-tur: 21 oktyabr
4-tur: 4 noyabr
5-tur: 25 noyabr
6-tur: 9 dekabr

Musobaqa formati
Guruhlarda jamoalar "uy-safar" tizimida o‘zaro 2 martadan to‘qnash kelishadi. Guruhda dastlabki 3ta o‘rinni egallagan jamoa yevrokuboklardagi o‘z ishtirokini davom ettirishadi.

1. Guruh g‘oliblari Yevropa ligasi nimchorak finaliga chiqadi.

2. Guruhlarda 2-o‘rinni egallagan klublar YECHL guruh bosqichida 3-o‘rinni band etgan jamoalar bilan pley-off bosqichida ishtirok etishadi. Ushbu o‘yinlar g‘oliblari Yevropa ligasi 1/8 finaliga chiqadi.

3. Guruhlarda 3-o‘rinni band etgan jamoalar esa Yevropa konferensiyalar ligasi guruh bosqichida 2-o‘rinni egallagan jamoa bilan pley-off bahslarida ishtirok etishadi. Unda g‘olib chiqqan klublar esa o‘z ishtirokini Konferensiyalar ligasi nimchorak final bosqichida davom ettirishadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:36, 27.08.2021.
O'qildi: 3586 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.