Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Tokio-2020. Dzyudo. Namozovni «bronza»dan bitta jang ajratib turibdi

Tokio-2020. Dzyudo. Namozovni «bronza»dan bitta jang ajratib turibdi

Baho:
+ | -

Tokio-2020 paralimpiadasining para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -60 kg vazn toifasida Sherzod Namozov bronza medali uchun o‘tish bahsida mo‘g‘ulistonlik Yadamdor Suxbatarga qarshi tatamiga chiqdi.

Hamyurtimiz ikkita vazari bahosi evaziga raqibini mag‘lubiyatga uchratdi. Natijada u bronza medali uchun kurashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Sherzod bronza medali uchun bahsda ruminiyalik Aleks Bologaga qarshi tatamiga chiqadi.

Para dzyudo bo‘yicha sovrinli o‘rinlar uchun bellashuvlar bugun Toshkent vaqti bilan soat 12:00 dan so‘ng boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Sherzod Namozov dzyudo bo‘yicha Rio-2016 paralimpiadasi oltin medali sohibi hisoblanadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:12, 27.08.2021.
O'qildi: 2263 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик