Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 00:00 Germaniya 2-0 Daniya
30/06 05:00 Kanada 0-0 Chili
30/06 05:00 Argentina 2-0 Peru
30/06 20:00 Nasaf 3-2 Navbahor
30/06 20:00 Metallurg 1-4 Olimpik
30/06 21:00 Angliya 2-1 Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya 4-1 Gruziya
01/07 05:00 Yamayka 0-3 Venesuela
01/07 05:00 Meksika 0-0 Ekvador
01/07 19:30 Neftchi - Paxtakor
01/07 21:00 Fransiya - Belgiya
02/07 00:00 Portugaliya - Sloveniya
02/07 06:00 AQSh - Urugvay
02/07 06:00 Boliviya - Panama
02/07 21:00 Ruminiya - Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya - Turkiya

Krishtianu Ronalduning "Manchester Siti"ga o‘tishi Gvardiola jamoasining hujum chizig‘ini kuchaytiradimi?

Krishtianu Ronalduning "Manchester Siti"ga o‘tishi Gvardiola jamoasining hujum chizig‘ini kuchaytiradimi?

Baho:
+ | -

So‘nggi kunlarda «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduning "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlar soat o‘tgani sari ko‘payib bormoqda.

Masalan, portugaliyalik bir necha kun oldin mashg‘ulotlarni erta tark etgani, "Manchester Siti" futbolchilari bilan ehtimoliy transfer mavzusida gaplashgani va «Yuventus» kiyim almashtirish xonasidan barcha narsalarini olib ketgani hamda Turin klubi rahbariyatiga uni sotishlarini so‘ragani haqidagi xabarlar fikrimizni isbotlaydi.

Endi keling, Ronaldu «shaharliklar» safiga borib qo‘shilsa Pep Gvardiolaning jamoa hujum chizig‘ida qanday o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligi haqida to‘xatalib o‘tamiz.

Sterling, Foden, Grilish, Torres, Jezus, Bernardu, Mahrez + RONALDU.

Ayni vaqtda «Siti»ning hujum chizig‘i juda ham shakllangan va ularga aynan hujumni yakunlaydigan bitta to‘qqizlik futbolchi yetishmayapti.

Serxio Agueroning «Barselona»ga o‘tib ketishi, Gabriyel Jezusning jarohatga moyil bo‘lib qolgani va avvalgi yuqori sport formasiga qayta olamayotgani - markaziy hujumchiga bo‘lgan talabni oshirib yubordi.

Klub avval Erling Xolandga, keyinchalik esa Harri Keynga va xatto Robert Levandovskiga ham qiziqib ko‘rdi. Ulardan bittasi ham Manchester klubiga o‘tgani yo‘q. Bu yerda turli sabablar bo‘lganini ham ta’kidlash kerak. Lekin, hozir bular muhim emas.

Kelasi mavsum erkin agentga aylanadigan Krishtianu Ronaldu oylik maoshi qisqarishiga qaramasdan "Manchester Siti" variantini jiddiy o‘rganib chiqqan ko‘rinadi.

Xo‘sh, Ronaldu «Siti»ga o‘tsa qaysi futbolchilar unga asosiy tarkibda hamrohlik qilishadi? Birgalikda bir necha variantlarni ko‘rib chiqamiz.


Birinchi variant. GRM — Grilish, Ronaldu, Mahrez

"Aston Villa"dan xarid qilingan Jek Grilish chap qanotda o‘zini erkin his qiladi va buni bir necha o‘yinda kuzatishga ulgurdik. Riyod Mahrez juda yuqori driblingga ega futbolchi va uni Gvardiola o‘ng qanotda o‘ynatishi mumkiin. Bundan tashqari orqaroqda Kevin de Bryuynening zargarona uzatmalarini ham Krishtianu Ronaldu qadrlashi va ularni golga aylantirish ehtimoli yuqori.


Ikkinchi variant. Sterling + Ronaldu + Foden

Sterling va Foden Yevro-2020 musobaqasida Angliya terma jamoasida Harri Keynga qanday yordam berishgani va o‘z imkoniyatlarini qay darajada ko‘rsata olishganini ko‘rdik. Ularning yonida Ronaldu kabi yetakchi afsona borligi mazkur angliyaliklarning imkoniyatidan yuqoriroq darajada o‘ynashlari uchun zamin hozirlasa ajab emas.


Uchinchi variant. Torres + Ronaldu + Bernardu

Ispaniyalik yosh vinger Ferran Torres ham Yevropa chempionatida o‘z salohiyatini namoyish eta oldi. Bernardu Silva esa bir necha yillardan beri hamyurti bilan Portugaliya terma jamoasida ajoyib o‘yinlar o‘tkazib kelmoqda va Ronalduni juda yaxshi tushunadi.

Gabriyel Jezus mavsumni asosan zaxirada o‘tkazishi va Ronalduning o‘rniga maydonga tushishi mumkin. Agar u jamoada qoladigan bo‘lsa, vaziyatlarni golga aylantirishi borasida anchagina tajriba to‘plashiga shubha yo‘q.

Jezus jamoani tark etsa ham Pep Gvardiolada Ronaldu charchab qolgan paytda uning o‘rnini Sterling, Torres va hatto Bernardu Silva bilan to‘ldirishi mumkin. Buni biz oldingi o‘yinlarda ham kuzatdik.

Yuqoridagi variantlardan tashqari hujum chizig‘ida yana ko‘plab almashishlarni amalga oshirish mumkin va ularning barchasida Ronaldu to‘qqizlik vazifasini a’lo darajada uddalay olishiga hech kim shubha qilmasa kerak. Voqealar rivojini birgalikda kuzatamiz. Ronaldu Manchester shahriga qaytmoqda, bu safar «Siti»ga! Oz qoldi...

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:55, 27.08.2021.
O'qildi: 8011 marta.
Fikrlar: 41 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.