Tokio-2020 paralimpiya o‘yinlarida dzyudo bahslariga start berildi. Hozirgina ikki nafar erkak sportchimiz chorak final janglarini o‘tkazishdi.
73 kg. vaznda Feruz Saidov litvalik Osvaldas Bareykis 6 soniya ichidayoq raqibining kuragini to‘liq yerga tekkizdi va g‘alaba qozondi.
81 kg. vaznda Dovurxon Karomatov esa kubalik Xerardo Rodriges Reyesga qarshi tatamiga chiqib, g‘alaba qozonish uchun 5 soniya kifoya qildi.
Shu tariqa, hamyurtlarimiz yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.