Para dzyudo bo‘yicha erkaklar o‘rtasida +100 kg vazn toifasida hamyurtimiz Shirin Sharipov chorak finalda kubalik Yordani Fernandesga qarshi tatamiga chiqdi.
“Oltin ochkolar”ga qadar davom etgan kurashda hamyurtimiz vazari bahosi evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Final ostonasida unga gruziyalik Revaz Chikoidze raqiblik qiladi.