Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma 2-1 Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

Tokio-2020. Dzyudochilarimiz finalga chiqa olishmadi, ikki sportchimiz bronza uchun kurashadi

Tokio-2020. Dzyudochilarimiz finalga chiqa olishmadi, ikki sportchimiz bronza uchun kurashadi

Baho:
+ | -

Tokioda davom etayotgan paralimpiya o‘yinlarida bugun 4 nafar dzyudochimiz ishtirok etishi ko‘zda tutilgan edi. Sportchilarimizdan hech bir finalga chiqa olmadi. Hamyurtlarimizning ikki nafari kechki dasturda bronza medali uchun tatamiga chiqadigan bo‘ldi.

Erkaklar o‘rtasida -100 kg vazn toifasida hamyurtimiz Sharif Xalilov bronza medali uchun o‘tish bahsida yaponiyalik Yoshikazu Matsumotoga qarshi tatamiga chiqdi. Hamyurtimiz mezbon sportchiga hech qanday imkon qoldirmadi va ippon bahosi evaziga g‘alaba qozondi. Endi Sharif Xalilov bronza medali uchun braziliyalik Tenerio da Silvaga qarshi bahs olib boradi.

Erkaklar o‘rtasida +100 kg vazn toifasida hamyurtimiz Shirin Sharipov yarim finalda gruziyalik Revaz Chikoidzega qarshi bellashdi. Afsuski, “Oltin ochkolar”ga qadar davom etgan kurashda Sharipov hakamlar tomonidan 3 marta ogohlantirildi va shuning evaziga mag‘lub bo‘ldi. Endi Shirin Sharipov bronza medali uchun ozarboyjonlik Ilhom Zakiyevga qarshi tatamiga chiqadi.

Erkaklar o‘rtasida -90 kg vazn toifasida yurtmiz sharafini himoya qilayotgan Shuhrat Boboyev bronza medali uchun o‘tish bahsida qozog‘istonlik Janbota Amanjolga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Ayollar o‘rtasidagi 70 kg. vazngacha bo‘lgan Vasila Aliboyeva esa janglarda ishtirok etmadi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:02, 29.08.2021.
O'qildi: 3104 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик