Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Umidsizlikka tushib qolgan Arteta va uning «Arsenal»i haqida

Umidsizlikka tushib qolgan Arteta va uning «Arsenal»i haqida

Baho:
+ | -

Londonning “Arsenal” klubi o‘z tarixida hech qachon bunchalik past darajaga tushib ketmagan. Aksiga olib APL taqvimi ham ularga omadsiz keldi.

Uchinchi turda hozirgi darajasi yer bilan osmonchalik farq qiladigan “Manchester Siti”ga bilan to‘qnash keldi. Bu uchrashuvda muxlislar hech nimadan umid ham qilishmayotgandi, xuddi bir tur avvalgidek. Biroq, birinchi tur “Brentford”ga qarshi o‘tkazildi. O‘sha uchrashuvda gol urib, ochko ishlanganda edi, biz “Arsenal”ni tahlil qilmayotgan bo‘lar edik. Lekin londonlikar birinchi turda ham hech nima qilolmagandi.

“Arsenal”ning to‘plar farqi - 9 gol bo‘lib turibdi. Undan bir pog‘ona yuqorida turgan “Norvich”da shunday ko‘rsatkich, lekin ular birgina bo‘lsa raqib darvozasiga yo‘l topa olishgan. Bu “Arsenal” tarixidagi mavsum startidagi eng yomon natija. Shunday qilib, oxirgi marta 1954 yil mavsum startida uchta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchrashgandi. Ya’ni, 67 yil oldin. 1953 yilda esa ketma-ket uch o‘yinda gol ura olishmagandi. Hozirgi “Arsenal” bu ikki voqeani birlashtirdi.

“Manchester Siti”dan qabul qilingan mag‘lubiyat ko‘p jihatdan “Arsenal” “sindirib” tashladi. Jamoa 2014 yildan beri birinchi marta beshta yoki undan ko‘p gol farqi bilan mag‘lub bo‘ldi. “Arsenal” o‘yinning 20 foizidan kam vaqtini to‘p bilan o‘tkazdi va darvozaga faqat bitta zarba berdi, “Manchester Siti”da esa 25 ta zarba.

O‘yini chiqmay turgan paytda yetakchi sifatida qaraladigan Granit Jaka yana klubni yomon holatga tushirib qo‘ydi. Jaka birinchi taym o‘rtalarida qizil kartochka olib o‘yinni tark etdi. Ushbu vaziyatda Artenaning yuzida ifodani bir ko‘rsangiz edi, juda ham achinarli holat.

Murabbiy jamoaga oxirigacha ishonadi

“Ha, biz natijaga erisha olamiz”, – deydi Arteta. “Agar men bunga ishonmaganimda, bu yerda bo‘lmasdim. Men har doim aytganmanki, men o‘zimga iloji boricha tanqidiy qarashga harakat qilaman va aybni doim o‘z bo‘ynimga olaman. Atrofimga kerakli odamlarni yig‘ishga harakat qilaman. Men har bir qarorimni o‘zim baholayman va agar biror narsa boshqacha bo‘lishi kerak deb o‘ylasam, uni o‘zgartiraman”.

Hatto Gvardiola ham o‘yindan keyin bir muddat birga ishlagan Artetani qo‘llab-quvvatladi:

“Odamlar darhol natijani talab qilishadi. Men Artetaning murabbiy va rahbar sifatida qobiliyatini bilaman. Uning barcha futbolchilari safga qaytganida, u juda yaxshi harakat qiladi. Men uning qo‘lidan nima kelishini yaxshi bilaman”.

Hech kim jang qilishni xohlamaydi

Kadrlar bilan bog‘liq muammolar mavjud, lekin bunday omadsiz startga baribir murakkab taqvim sabab bo‘ldi. Aslida “Chelsi” va “Manchester Siti”ga qarshi ketma-ket o‘yinlar har qanday darajadagi “Arsenal” uchun qo‘rqinchli tush bo‘lishi kerak. Albatta, Gvardiola ham ta’kidlab o‘tganidek, jarohatdagi futbolchilar ham tarkibga qaytmagunicha, Artetaga qiyin bo‘ladi.

Ha, “Siti” ga qarshi o‘yinda Edegor maydonga tushirildi, lekin u ham yaxshi sport formasida emasli sezilib qoldi. Jamoaga Ben Uayt va Parteyning yetishmayapti. Albatta, hamma narsani bu omillarga bog‘lash mumkin emas. “Siti”ga qarshi o‘yinda ba’zi ijrochilarning harakatlarida umidsizlik bor edi. Saka va Smit-Rou o‘zlari bir nimalar qilishga urindi, lekin ular jamoaviy o‘yindan tashqarida edilar.

Obameyangga esa endi hech narsaning qizig‘i qolmagandek, go‘yo. Arteta jamoaga endi kelgan paytlarda u bilan bir nimalarni kelisha olmay yuradigan Obameyang hozir shunchaki maydonga tushyapti. Jaka bilan bog‘liq vaziyat esa hamma uchun tushinarli.

Hozirgi “Arsenal”ga qarab, nima o‘zgarsa, jamoaning o‘yinini qutqarish mumkinligini tushunish qiyin.

Ruslan Maksimov tayyorladi

Kiritildi: 19:29, 30.08.2021.
O'qildi: 4146 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.