Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe 1-1 Osasuna
05/10 21:00 Atalanta 5-1 Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas 0-1 Selta
05/10 21:30 Valyadolid 1-2 Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton 0-0 Nyukasl
05/10 23:45 Inter 3-2 Torino
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina - Fransiya
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:00 Braziliya - Argentina
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Vadim Abramov Diyor Imomxoʻjayevga “tosh otdi”

Vadim Abramov Diyor Imomxoʻjayevga “tosh otdi”

Baho:
+1 | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov YouTube’dagi Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayevning «Offside» ko‘rsatuvidagi gaplariga javob qaytardi.

«Bu birinchi navbatda millatchilikdir. Agar u bu gaplarni ko‘chada aytganida, ehtimol, uni ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlagan bo‘lardi. Terma jamoa, terma jamoa yuzi va g‘urur haqidagi gapiga kelsak, u boshidan hammani aldab kelyapti.

Uning chiqishlarini bilaman, hozir internetda chiqib, o‘z fikrlarini sochish urf bo‘lgan, buning uchun javobgarlik belgilanmagan. Menga uning maqsadi oldindan ma’lum, u qancha ko‘p shunaqa chiqishlar qilsa, layklari ham shuncha ko‘payadi.

Uning gaplarini eshitish uchun odamlar u yerga kiradi. Va qancha ko‘p odam kirsa, u shuncha ko‘p pul ishlab olishi mumkin. Uning maqsadi shundan iborat, boshqa hech narsa emas. U chiroyli gapira oladi, jurnalist bo‘lib tanqid qila oladi, lekin afsuski, ishlash qo‘lidan kelmaydi.

U terma yuzi haqida gapiribdi, bir vaziyatni boricha aytib beraman: Aziz Haydarov bilan uning oldiga terma jamoa uchun chempionat taqvimi bo‘yicha gaplashish uchun kelgandim, bilasizmi, u menga nima dedi? U menga sizning terma jamoangiz meni qiziqtirmaydi, asosiysi, chempionatni o‘tkazishim kerakʼ, — dedi. Shu odam keyin terma jamoa haqida jar solmoqda va uning yuzi haqida gapirmoqda.

Biz pandemiya davrida Tojikiston terma jamoasi bilan o‘ynashimiz kerak edi. U buni bilardi. FIFA qoidalariga ko‘ra klublar o‘yinchilarini rasmiy o‘yinga 5 kun qolganida, o‘rtoqlik o‘yiniga esa 3 kun qolganida qo‘yib yuborishi kerak. U bunga amal qiladi, mayli. Lekin qoldirilgan Paxtakor — Navbahor o‘yinini 2 sentyabrga qo‘yyapti, terma jamoa esa 3 sentyabrda Tojikiston bilan o‘ynashi kerak. O‘shanda Paxtakorda Shota Arveladze murabbiy edi.

Ular aslida Navbahor bilan emas, Mash’al bilan o‘ynashi kerak edi. Men Arveladzega shunday dedim, sendan ikki nafar o‘yinchingni olaman, jamoangiz manfaatlariga zarar bo‘lmasin. Keyin raqibni Navbahor’ga almashtirishdi. Navbahor’dan ham ikki nafar futbolchi chaqirgandik. 30-sanada yig‘ilganimizda Paxtakor o‘yinchilarini yubordi, Navbahor esa yo‘q.

Imomxo‘jayevning gaplari va harakatlarida mantiq borligi haqida

Men uni kuzatmayman. U chiroyli gapirishni biladi. Axir u aytganku, bizda davlat futbolga pul bermasligi va hamma narsa Angliyadagidek bo‘lishi kerak deb. Yaxshi, men uning qanday ishlayotganini ko‘ryapman, ishlayversin. U hatto qur’ani ham tuzuk, to‘g‘ri qilib o‘tkaza olmaydi. Tushunishim bo‘yicha u futbolni televizorda ko‘rgan. Hozir esa PFLni boshqarmoqda. Juda yaxshi, boshqaraversin.

Imomxo‘jayev gaplari uchun undan uzr so‘ragan yo so‘ramagani haqida

Menga bu qiziq emas. Men uchun u odam sifatida mavjud emas. Nima, u Leninmidiki, uning iqtiboslarini eshitsam», — deydi Abramov.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 15:21, 31.08.2021.
O'qildi: 8435 marta.
Fikrlar: 66 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.