Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tokio-2020. Mirzayeva va Sherqo‘ziyev saralash bosqichida qatnashishdi

Tokio-2020. Mirzayeva va Sherqo‘ziyev saralash bosqichida qatnashishdi

Baho:
+ | -

Bundan biroz avval para kanoe bo‘yicha ayollar o‘rtasida KL3 klassida 200 metrga o‘tkazilgan saralash bahslari yakunlandi.

Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Shahnoza Mirzayeva 53.521 soniya vaqt bilan marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi. Endi sportchimiz finalga chiqish uchun yarim final bahsida ishtirok etadi.

Shuningdek, para kanoe bo‘yicha erkaklar o‘rtasida VL3 klassida 200 metrga o‘tkazilgan saralash bahslari yakunlandi.

Unda ishtirok etgan hamyurtimiz Hayitmurod Sherqo‘ziyev 54.269 soniya vaqt bilan marraga to‘rtinchi bo‘lib yetib keldi. Endi bu sportchimiz ham finalga chiqish uchun yarim final bahsida ishtirok etadi.

Para kanoe bo‘yicha yarim final bahslari ertaga o‘tkaziladi.

Manba: paralympic.uz
Kiritildi: 07:53, 02.09.2021.
O'qildi: 2065 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик