Para taekvondo bo‘yicha ayollar o‘rtasida +58 kg vazn toifasida hamyurtimiz Guljanoy Naimova hozirgina chorak final jangini yakunladi.
Ushbu bosqichda sportchimizga yaponiyalik para taekvondochi Shoko Ota raqiblik qildi. Hamyurtimiz mezbon sportchini 37:12 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Guljanoy final ostonasida Buyuk Britaniya vakili Emi Trusdeyl raqiblik qiladi. Ushbu jang bugun Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da boshlanadi.