Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Federiko Valverde: «Asosiysi – mukammallik sari intilish»

Federiko Valverde: «Asosiysi – mukammallik sari intilish»

Baho:
+ | -

«Real» yarim himoyachisi Federiko Valverde yaqinda amaldagi shartnomasi muddatini 2027 yilgacha uzaytirdi. U bundan bag‘oyat xursand, albatta. «Hozir faxr-iftixor tuyg‘usi ichidaman. Ota-onam, turmush o‘rtog‘im va o‘g‘lim uchun baxtiyorman. Zero, ular yonimda men bilan birga kurashmoqdalar. «Madrid»dagi har bir qadam va lahzadan boricha zavqlanishimiz kerak. Klubda imkon qadar ko‘proq o‘ynash, uzoqroq qolish niyatidaman. «Real» bilan sovrinlar yutishdan ham umidvorman, albatta. Men uchun hech qanday cheklov yo‘q. Har doim maydonda ham, uning tashqarisida ham vaqt qadriga yetish harakatidaman. Maqsad - takomillashish jarayonini davom ettirib, bolalar uchun namuna bo‘lish va jamoa safida imkoni bor barcha sovrinlarni yutish», - dedi futbolchi yangi kelishuv ostiga imzo chekkanidan keyin klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

- Mana, «Madrid» bilan yangi shartnomani rasmiylashtirdingiz. Hissiyotlar qanday?

- To‘g‘risi, hozirgi holatimni to‘liq tasvirlab beradigan so‘zlar yo‘q bo‘lsa kerak. Zero, shart­noma muddatini uzaytirish taklifini kutgan emasdim. Bu haqda to‘satdan xabar berishdi. Buni ota-onamga aytganimda, ular yig‘lab yuborishdi. Chindan ham, o‘ziga xos lahza, barchasi xuddi tushda yuz bergandek. Dunyoning eng yaxshi klubi sening kerak ekanligingni bildirsa, buni anglashing­ga ma’lum vaqt kerak bo‘lar ekan. Tabiiyki, imzo chekish masalasida sira ikkilanmadim. Shunchaki, fursatdan foydalanib, oilamga quvonch ulashdim.

- Endigi maqsad nima?

- Haqiqiy jangchi bo‘lish. Har kim o‘zi orzu qilgan va intilgan cho‘qqi sari intilishdan to‘xtamasligi kerak. Bolaligimdan har doim dunyoning eng yaxshi jamoasida to‘p surishni o‘ylaganman. Mana, bunga erishdim, lekin kurash tugagani yo‘q - yangi orzular, cho‘qqilar... Umuman, «Real»ning bir qismiga aylanish har qanday futbolchini to‘lqinlantirib yuboradi. Bu cheksiz baxtdir. Hozir dunyodagi eng baxtiyor odamman. Valdebebas maydoniga birinchi marta qanday qadam qo‘yganimni yaxshi eslayman. Ortda qolgan davrdagi har bir kun hayotimdagi eng yaxshilari hisoblanadi. Bu yerda zavqga to‘lib ishlayapman, o‘rganyapman, ham futbolchi, ham inson sifatida kamol topyapman. Xullas, «Madrid» bag‘ridagi har bir lahza miyamga muhrlanmoqda.  Bu hech qachon tugamasligidan umidvorman.

- Bosh murabbiy Karlo Anchelotti haqida nima deya olasiz?

- Don Karlo maydonda o‘z o‘yinimni ko‘rsatishim kerakligini uqtirmoqda. Anchelotti - qo‘l ostidagi futbolchilarga ko‘p narsa beradigan, ularning mukammallik sari yetaklaydigan murabbiylar sirasidan. Albatta, o‘yinimni yanada yaxshilashni xohlayman va bunda nafaqat Anchelotti, balki uning shtabi o‘gitlari qo‘l kelishiga ishonaman. Mendan talab qilinayotgan narsa - raqiblarga bosim o‘tkazish, hujumga qo‘shilish va vaqtida himoyaga ko‘maklashish. Bunday vazifalar men uchun ayni muddao.

- Xo‘sh, bu missiyalarni bajarishga kuchingiz yetadimi?

- Baralla gapirishim nojoiz. Lekin hozir o‘zimni shunday his qilyapmanki, butun qalbim va borlig‘imni jamoaga bag‘ishlashga tayyorman. Oddiy aytganda, bor quvvatimni «Real» manfaati, hafta davomida o‘yin chiptasini sotib olganlarni quvontirish yo‘lida ishlatishga va’da beraman. Jamoa­ga nimadir berolmaydigan holatga tushishimga qadar kurashdan chekinmayman. Bizni qo‘llab-quvvatlayotganlarga munosib javob berishning yagona yo‘li - shu.

- Muxlislar ham «Bernabeu»ga qaytishmoqda...

- Ularning daldalari ayniqsa, o‘yin murakkab tus olgan pallada yaqqol bilinadi. Bunday vaqtda beixtiyor muxlislar madadiga ehtiyoj sezasiz. Gavjum tribunalarni ko‘rish naqadar yoqimli. Bu har qanday futbolchiga qo‘shimcha energiya bag‘ishlaydi. Shunday ekan, muxlislarning «Bernabeu»ga qaytishlari - katta quvonch va zavq.

D.ALIMOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 23:00, 04.09.2021.
O'qildi: 2210 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.