Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/07 20:00 Dinamo 3-2 Qo‘qon-1912

Superliga. Vodiy derbisida durang qayd etildi, “Nasaf” va “Xorazm” minimal hisobda g‘alaba qozondi

Superliga. Vodiy derbisida durang qayd etildi, “Nasaf” va “Xorazm” minimal hisobda g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 14-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchta uchrashuv o‘z yakuniga yetdi. Unda Farg‘onada kechgan markaziy o‘yinda “Neftchi” va “Navbahor” murosa yo‘lini tanlagan bo‘lsa, “Xorazm” hamda “Nasaf” o‘z maydonida minimal hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

“Neftchi” — “Navbahor”

Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida kechgan murosasiz Vodiy derbisi tezkor gol bilan boshlandi. Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq Muhammadali Usmonov mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi — 0:1.

O‘yin yakuniga qadar hisobni tenglashtirishga intilgan farg‘onaliklar o‘z maqsadiga hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda erishdi. 90+7-daqiqada Anvarjon G‘ofurov raqib darvozasini ishg‘ol qilib, “Neftchi”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi va uchrashuvda jangovar durang qayd etildi — 1:1.

O‘zbekiston Superligasi, 14-tur
“Neftchi” — “Navbahor” 1:1
Gollar: 0:1 — Muhammadali Usmonov (3), 1:1 — Anvarjon G‘ofurov (90+7)

“Xorazm” — “Surxon”

Turning yana bir uchrashuvi “Xorazm” sport majmuasida bo‘lib o‘tdi. Unda mezbon “Xorazm” jamoasi Termizning “Surxon” klubini qabul qildi.

O‘yinning birinchi bo‘limi o‘rtalarida uchrashuvdagi yagona gol kiritildi. 34-daqiqada Ulug‘bek Hoshimov “Xorazm”ni hisobda oldinga olib chiqdi — 1:0. Ikkinchi bo‘limda mehmonlar muvozanatni tiklashga harakat qilib, qator hujumlar tashkil etgan bo‘lsa-da, hisob o‘zgarmadi va urganchliklar o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida g‘alabani tantana qildi.

O‘zbekiston Superligasi, 14-tur
“Xorazm” — “Surxon” 1:0
Gol: 1:0 — Ulug‘bek Hoshimov (34)

“Nasaf” — “Qizilqum”

Qarshida kechgan uchrashuv qiziqarli va keskin kurashlarga boy bo‘ldi. Unda “Nasaf” Navoiyning “Qizilqum” klubini qabul qildi.

Birinchi bo‘lim tanaffusiga qarab ketayotgan bir pallada, aniqrog‘i 45+1-daqiqada qarshiliklar a’zosi Zafarmurod Abdurahmatov 11 metrlik jarima zarbasidan (penaltidan) unumli foydalana olmadi va hisobni ochish imkoniyatini boy berdi.

Ikkinchi taymda hujumkorlikni yanada oshirgan mezbonlar baribir o‘z maqsadiga erishdi. 82-daqiqada jamoa to‘purari Bobur Abduxoliqov raqib darvozasini ishg‘ol qilib, “Nasaf”ga muhim va qiyin g‘alabani taqdim etdi — 1:0.

O‘zbekiston Superligasi, 14-tur
“Nasaf” — “Qizilqum” 1:0
Gol: 1:0 — Bobur Abduxoliqov (82)
Amalga oshirilmagan penalti: Zafarmurod Abdurahmatov (45+1)

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:21, 28.07.2026.
O'qildi: 1999 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик