Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Diyor Imomxo‘jayev: «2023 yilgi mavsum oldidan «So‘g‘diyona» ham «Nasaf» va «Bunyodkor» kabi loyihaga aylanib ulguradi»

Diyor Imomxo‘jayev: «2023 yilgi mavsum oldidan «So‘g‘diyona» ham «Nasaf» va «Bunyodkor» kabi loyihaga aylanib ulguradi»

Baho:
+ | -

"So‘g‘diyona" klubi va nihoyat o‘z bazasiga ega bo‘ldi. Bazada jamoa istiqomat qilishi uchun barcha sharoit bor: basseyn, sauna, trenajer zali, oshxona, mitinglar xonasi, U-21 va ayollar jamoalari rasmiy o‘yin o‘tkazishi, asosiy tarkib esa mashg‘ulot olib borishi uchun stadion va hokazo. Shanba kuni klub bazaning rasmiy ochilish marosimini o‘tkazdi.

Bunga qadar klub yig‘inlar davomida asosan otellardan foydalanib kelgan. Endilikda o‘z bazasiga ega futbol klubi sifatida "So‘g‘diyona" yiliga 1-1,5 milliard so‘mni iqtisod qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bilasizki, o‘z stadioni, bazasi, akademiyasiga ega bo‘lmagan jamoani biz tom ma’noda normal klub deya olmaymiz. Jizzaxda ayni vaqtda "So‘g‘diyona" uchun stadion mavjud  va uning yoritish tizimi talabga javob beradi. Endilikda klub uchun baza masalasi hal etildi. Navbat futbol akademiyasiga.   

Jizzax yaqin ikki yilda 2 ta yaxshi futbol akademiyasiga ega bo‘ladi. "So‘g‘diyona" klubi o‘z akademiyasi uchun yer masalasini to‘liq hal qilib, uning qurilishi uchun smetani moliyadan tasdiqlatib ulgurgan va qurilish boshlangan. Shuningdek, viloyatdagi futbol mahorat maktabi "So‘g‘diyona" akademiyasiga raqobatchi sifatida yangidan quriladi.

Demak, 2023 yilgi mavsum oldidan "So‘g‘diyona" ham "Nasaf" va "Bunyodkor" kabi loyihaga aylanib ulguradi. Umuman olganda, viloyat futboli so‘nggi 3 yilda sezilarli o‘sishga erishayotganini natijalar ham ko‘rsatishi mumkin. Asosiy jamoa ikki mavsumdan beri sovrinli o‘rinlar va xalqaro maydon uchun harakat qiladi, ayni vaqtda Superligada "Paxtakor"dan keyin 2-o‘rinni egallab turibdi. Ayollar jamoasi bosqichma-bosqich o‘sdi va hozirda chempionatda 5 ochkolik farqi bilan peshqadam. Futzal jamoasi esa o‘tgan mavsumni "Paxtakor" va AGMKdan keyin kuchli uchlikda yakunladi. Bu mavsum oldidan chempionlik uchun asosiy da’vogarlar — jamoa tarkibi ancha kuchaytirilyapti.

So‘nggi yillardagi bu o‘zgarishlarda biz klub prezidenti O‘ktam Mahmudjonov hamda viloyat hokimi Ergash Soliyev xizmatini ko‘ramiz. Ahamiyatlisi, bu yerda viloyat hokimi futzal jamoasi tarkibida O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tadi va o‘yinlarda ishtirok etadi. Natija vaqti bilan keladi. Muhimi klub o‘z poydevoriga ega bo‘lishi. Bugunga kelib Jizzax bu borada sezilarli qadamlar tashlab ulgurdi.

Diyor Imomxo‘jayev.

Manba: @diyorimamkhodjaev
Kiritildi: 17:46, 07.09.2021.
O'qildi: 3050 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.