Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ikki ispan grandi ro‘yxatda yo‘q. Bu mavsum qaysi jamoalarning Chempionlar ligasini yutish imkoniyati katta?

Ikki ispan grandi ro‘yxatda yo‘q. Bu mavsum qaysi jamoalarning Chempionlar ligasini yutish imkoniyati katta?

Baho:
+ | -

Bu mavsum Chempionlar Ligasi yana ham qiziqarli bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Sababi, ko‘plab katta transferlar amalga oshdi. Raqobatbardosh jamoalar soni ancha ko‘paydi. Endi biz bu chempionatda avvalgilarga nisbatan ancha kuchliroq raqobatni ko‘rishimiz mumkin. Shahsan men bunga ishonaman. 

"Manchester Siti" 

"Manchester Siti" jamoasi har mavsum Chempionlar ligasi uchun asosiy favoritlardan biri hisoblanadi, ammo har safar ularga nimadir yetmay qoladi. Tarkib kuchli, murabbiy esa dunyoda eng zo‘rlaridan biri hisoblanadi. Baribir bu klubga katta o‘yinlarda nimadir yetishmaydi. Ular o‘tgan mavsum "Chelsi"ga finalda mag‘lub bo‘ldi. Demak, YECHL bosh sovrinini yutish rejasi hali ham bajarilmadi. Shunday ekan, Gvardiola va uning shogirdlari bu musobaqani yutish uchun qo‘ldan kelgancha kurashaverishadi. 

"Bavariya"

Myunxen klubini ayni damda "Leypsig"da ancha ko‘zga ko‘ringan Nagelsmann boshqarmoqda. Ularni imkoniyatlarini va kuchini xuddi o‘tgan yilgidek baholasa bo‘ladi. To‘g‘ri, Flik ketdi, ammo uning o‘rniga, undan kuchsiz bo‘lmagan boshqa bir nemis mutaxassis keldi. Tarkib ham o‘sha-o‘sha va deyarli katta o‘zgarishlarsiz. O‘ylaymanki, ular YECHLda g‘olib chiqish uchun asosiy uch favoritdan biri. Ko‘ramiz, bu fikrlar o‘zini oqlaydimi yoki yo‘qmi. 

"PSJ"

Parijliklarning ayni damdagi tarkibi shunchaki dahshatli ko‘rinishga kelib ulgurdi. Odatda, faqat hujumi bilangina maqtana oladigan Parij klubida endi har bir nuqtada yulduz futbolchilarga ega. Chindan ham ular jamaoviy jihatdan hali u darajada shakllanib ulgurmagan bo‘lsa-da shu yulduzlarning o‘zi ko‘p narsaga qodir. Ular yangi mavsumda Chempionlar ligasini yutish uchun eng asosiy nomzodlardan biri ekanligi ko‘p bora takrorlanmoqda. Ular bunga o‘tgan ikki yilda ancha yaqin keldi. Endi yana ham yaqinroq desam adashmagan bo‘laman.

"Chelsi"

"Chelsi" o‘tgan mavsumda Chempionlar ligasi g‘olibiga aylandi. Tuxelning oqilligi va jamoaning tartibli o‘yini ularga bu sovrinni yutish imkoniyatini berdi. Ha, bu mavsum ular yanada kuchaydi. Tarkib etibori bilan ham, jamoaviy o‘yin taraflama ham. Lukaku bu jamoada endi nayzaning uchi bo‘la oladi. O‘tkan yili o‘sha nayza biroz o‘tmasroq edi. Ularning o‘tgan yilgi chempionligini omadga biroz bog‘lasa bo‘ladi. Biroq bu safar ular chindan ham kuchli jamoa va istalgan raqibni jamaoviy kuch evaziga mag‘lub eta oladi. 

"Manchester Yunayted"

"Real Madrid" va "Barselona" ayni damda ancha kuchsizlanib qolgan. Mankunianliklar esa o‘z safini yulduzlar bilan to‘ldirib oldi. Eng muximi YECHLni eng ko‘p yutgan haqiqiy jangchi Krishtianu Ronaldu shu yerda. Ular APLda mavsum startini unchalik ham yaxshi o‘tkaza olmadi. Ammo bu shunday qoladi degani emas. Ronaldu maydonga tushishni boshlagach, katta ehtimol klub ruhiy tomonlama ancha yaxshi holatda bo‘ladi. Chunki baribir u kabi katta nomning maydonda harakat qilishi boshqa futbolchilarga ham ancha dalda beradi. Shunday ekan, ayni damda ko‘rayotganimiz "qizil iblislar"ning o‘yini xulosa chiqarish uchun yetarli emas. Hali bu klubning o‘yida progress bo‘lishiga ishonchim komil. 

 Albatta, bu fikrlar mutlaq subyektiv va har kim bu borafa turli xil fikrga ega. Men uchun ushbu 5 klub yangi mavsum Chempionlar ligasini yutish uchun asosiy da’vogar. 

                                                           Xudayqulov KARIM tayyorladi

Kiritildi: 20:22, 07.09.2021.
O'qildi: 8442 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.