Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

"Chelsi" yetakchisi 10 kunga safdan chiqdi

"Chelsi" yetakchisi 10 kunga safdan chiqdi

Baho:
+ | -

"Chelsi" vingeri Kristian Pulishich APL 4-turi doirasidagi "Aston Villa" va 5-turdagi "Tottenxem"ga qarshi o‘yinida to‘pig‘idan olgan jarohati tufayli o‘tkazib yuborishi mumkin.

"Afsuski, u kecha qo‘ltiq tayoqchada keldi, to‘pig‘idan jarohat oldi va 10 kunga safdan chiqdi", - deydi "Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel.

Pulishich 8 sentabr, chorshanba kuni AQSH va Gonduras o‘rtasidagi JCH-2022 uchun saralash o‘yini vaqtida jarohat oldi (4:1).

Eslatib o‘tamiz, Pulishich 2019 yilning qishida "Borussiya D"dan 64 million yevro evaziga "Chelsi"ga ko‘chib o‘tdi. Premyer-liganing joriy yilgi mavsumida futbolchi "Kristal Pelas" bilan bitta o‘yinda maydonga tushib, 1 gol urgan.

Kiritildi: 08:50, 11.09.2021.
O'qildi: 2245 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик