Londonning «Tottenxem» klubi ayni dam hamshahari «Kristal Pelas» mehmoni bo‘lmoqda.
Uchrashuvda jamoalar 0:0 hisobida tanaffusga yo‘l olishdi. Qiziq tomoni, «shporlar» birinchi bo‘limda raqiblari darvozasiga birorta aniq zarba bera olishmadi.
Bu esa jamoaning 2016-17 yilgi mavsumda «Man Siti»ga qarshi bahsidan so‘ng ilk marta sodir bo‘lmoqda.
Harri Keyn boshliq jamoa birinchi bo‘limda raqib jarima maydoni ichida ikki marta to‘pga tegingan xolos.