Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/02 18:45 Nasaf 1-1 Ash-Shorta
09/02 18:45 Al-Vahda 0-0 Al-Ahli (SA)
09/02 21:00 Duhayl 1-1 Sharja
09/02 21:00 Shabab al-Ahli 0-0 Al-Hilol
10/02 21:00 Traktor - As-Sadd
10/02 23:15 Al-Ittihod - Al-G‘arafa

A seriya. «Yuventus»ning muvaffaqiyatsizligi davom etdi: «Napoli» «keksa sinyora» ustidan irodali g‘alabaga erishdi (videosharh)

A seriya. «Yuventus»ning muvaffaqiyatsizligi davom etdi: «Napoli» «keksa sinyora» ustidan irodali g‘alabaga erishdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu Turinni tark etganidan keyin ham «Yuventus»ning muvaffaqiyatsizligi to‘xtab qolmadi. Jamoa uchinchi turda ham g‘alaba qozona olmadi. "Keksa sinyora" Neapolda nafaqat g‘alaba qozona olmadi, balki hisobdagi ustunlikni ham qo‘ldan chiqardi.

Bahsning 10-daqiqasida "Napoli" himoyachisining xatosidan foydalangan Morata hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.

Spaletti shogirdlari tanaffusga qadar tezlik boraisda raqibini ortda qoldirgan bo‘lsa-da, "Yuve"ning tajribali himoyachilari ishonchli harakat qila olishdi.

Ikkinchi bo‘limning dastlabki daqiqalari "Napoli" uchun omadli kechdi. Insinye jarima maydoni tashqarisidan "to‘qqizlik" sari zarba berdi. Shchesni qaytargan to‘pni Politano o‘tkir burchak ostida darvozaga joylab, hisobni tenglashtirdi.

Bahs tugashiga 5 daqiqa qolganida esa mezbonlar burchak to‘pini o‘yinga kiritishdi. Zaxiradan maydonga tushgan Moyze Kin bosh bilan to‘pni o‘z darvoza tomon urib yubordi. "Yuventus" posboni to‘pni bir amallab qaytardiyu, o‘sha joyda turgan Kulibali bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi.

«Napoli» uch o‘yindan 9 ochko to‘plab peshqadam bo‘lib turgan bo‘lsa, «Yuventus» hisobida atigi 1 ochko mavjud.

Italiya chempionati, 3-tur
Napoli – Yuventus 2:1 (0:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 10 Morata, 1:1 – 57 Politano, 2:1 – 85 Kulibali.
Napoli – Ospina, Di Lorenso, Manolas, Kulibali, Mariu Ruy (Malkyui, 90), Fabian Ruis, Zambo-Angissa, Elmaz (Unas, 46), Insinye (Zelinski, 73), Politano (Losano, 72), Osimxen (Petanya, 90).
Yuventus – Shchensni, De Shilyo, Kyellini, Bonuchchi, Pellegrini (de Ligt, 57), Rabyo, Lokatelli, Makkenni (Remzi, 72), Kulusevski, Morata (Kin, 82), Bernardeski.
Ogohlantirishlar: Elmaz (31), Lokatelli (45), Losano (88).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:12, 11.09.2021.
O'qildi: 4071 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.