«Real» yarim himoyachisi Garet Beyl jamoasining kechagi mashg‘ulotida oyog‘ida og‘riq his qildi va mashg‘ulot maydonini erta tark etdi.
Shu bois, u La liganing 4-turidan o‘rin olgan «Selta»ga qarshi o‘yinda bugun ishtirok etmaydi. "As" tarqatgan xabarga ko‘ra, uelslik futbolchi, katta ehtimol bilan, Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turidan o‘rin olgan "Inter"ga qarshi bahsni ham o‘tkazib yuboradi.
Garet Beyl joriy mavsumda «Real» va Uels terma jamoasi safida 6ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol muallifiga aylandi.