"San-Paulu" himoyachisi Dani Alves o‘z jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Futbolchining
xizmatlariga Argentinaning "Boka Xuniors" qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Ispaniya
matbuoti xabar beradi. Futbolchining vakillari jurnalistlarga "hamma narsa bo‘lishi
mumkin" ekanligini aytishdi.
Alvesning San-Paulu bilan shartnomasi 2022-yilning 31-dekabriga qadar amal qiladi.
Transfermarkt 38 yoshli braziliyalikni 2 million yevroga baholamoqda.