Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Ilhom Mo‘minjonov: «Ochko yig‘ishda davom etamiz»

Ilhom Mo‘minjonov: «Ochko yig‘ishda davom etamiz»

Baho:
+ | -

"Neftchi" bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov Pro liga doirasida "Buxoro"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Bugungi qozonilgan g‘alaba bilan futbolchilarni hamda muxlislarimizni tabriklayman. Aytib o‘tish lozim, bugungi o‘yin ancha qiyin kechdi. Yigitlarimiz bugun yaxshi harakatlari bilan birga murabbiylar tomonidan qo‘yilgan vazifa va ko‘rsatmalarni uddalagan holda, chiroyli g‘alabani qo‘lga kiritib, ochkolar sonini oshirishga muvaffaq bo‘lishdi. Birinchi bosqich bahslari yakuniga yetdi. Endi, ertaga bo‘lib o‘tadigan qur’a tashlash marosimidan so‘ng ikkinchi bosqich uchrashuvlariga tayyorgarlikni boshlab yuborib, ochkolar yig‘ishda davom etamiz.

Doston Toshmatovga kelsak, u mahoratli o‘yinchi. O‘tgan yilgi mavsumda chiroyli o‘yini va gollari bilan o‘zini nimalarga qodir ekanligini isbotlab berdi. Bugun garchi o‘yin oxirida tushgan bo‘lsa ham, keyinchalik unga asta-sekin imkoniyat beramiz. Lekin, hozirgi kunda jamoamizda raqobat kuchli bo‘lganligi tufayli, to‘purarimiz Marko Obradovichni maydonga tushirmoqdamiz. Shuni evaziga Doston zaxira o‘rindig‘ida qolib ketmoqda. Lekin, qaytaraman, keyingi o‘yinlarda unga albatta imkon berib, o‘ynatishga harakat qilamiz.

U-18 yoshlar jamoamiz bugungi kunda birinchilikda peshqadamlik qilib kelmoqda. Jamoada iqtidorli yoshlar borligi bejizga emas. Oldimizga qo‘yilgan vazifalarni uddalasak, yoshlarimizni ham o‘yinlarga jalb qilamiz", - deydi Ilhom Mo‘minjonov.

"Neftchi" matbuot xizmati

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 07:19, 13.09.2021.
O'qildi: 1477 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.