Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Hamidjon Aktamov: «Menimcha, «Paxtakor» chempion ekanligi aniq bo‘lib ulgurdi»

Hamidjon Aktamov: «Menimcha, «Paxtakor» chempion ekanligi aniq bo‘lib ulgurdi»

Baho:
+ | -

Superliganing 18-turidan o‘rin olgan "Nasaf" — "Qizilqum" (2:1) o‘yinidan keyin navoiyliklar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

— Chiroyli o‘yin ko‘rsatgan bo‘lsak-da, bu esdan chiqadi va tarixda natija qoladi. Yaxshi o‘ynadik. Birinchi taymda yo‘q joydan, 2 ta standart vaziyatdan gol o‘tkazib yubordik. "Nasaf" jamoasiga 22 sentyabr kungi o‘yinda omad tilayman. Jamoaning kelajagi bor. Hali ular yaxshi natija ko‘rsatadi. O‘zimiz ham kamchiliklarimiz ustida ishlab, kerakli ochkolarni yig‘ishga harakat qilamiz.

— Jamoaning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi nima? Chempionlikmi yoki sovrinli o‘rinlar uchun kurashishmi?
— Menimcha, endi chempion "Paxtakor" ekanligi aniq bo‘lib ulgurdi.

— Vatsadze 35 daqiqa harakat qildi. Uning o‘rniga Jamshid Hasanovni maydonga tushirdingiz. Keyin o‘z navbatida, Hasanov yana almashtirildi. O‘yinidan qoniqmadingizmi?
— Endi bu bizni ishimizda, nima ham deyman? Taktik o‘zgarishlarni amalga oshirdik. Vatsadzega e’tirozimiz yo‘q. O‘zgarishlar o‘z samarasini berdi, o‘yinimiz o‘zgarib, gol urdik.

— "Qizilqum"ning ikkinchi davradagi natijalari qoniqarsiz. Bunga nima sabab bo‘lmoqda?
— Sababi ko‘p futbolchilarimiz kasal bo‘lib qolishdi. Bir oy ichida davolanib chiqishdi va bir oyda qayta kasallanganlar ham bo‘ldi. Sog‘liq muhim, shu boisdan ko‘p narsa talab qilolmaymiz. Bundan keyin yaxshi o‘yin ko‘rsatishga intilamiz.

Manba: fcqizilqum.uz
Kiritildi: 06:53, 17.09.2021.
O'qildi: 2033 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.