Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 1-0 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

«Barselona» vise-prezidenti nima uchun Messini klubda olib qolishning imkonini bo‘lmagani tushuntirdi

«Barselona» vise-prezidenti nima uchun Messini klubda olib qolishning imkonini bo‘lmagani tushuntirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» vise-prezidenti Eduard Romeu nima uchun Messini klubda olib qolishning imkonini bo‘lmagani tushuntirdi.

"La liga prezidenti Tebas hujumchi Messiga bog‘liq ishda barcha narsani qildi. Klubning avvalgi rahbariyatidan bizga moliyaviy muammolar qoldi.

"Barselona" agar CVC investisiya jamg‘armasi bilan bog‘liq hujjatlarni imzolaganida, bizda imkoniyatlar yuzaga kelardi. Ammo bunday shartnomaga imzo cheka olmasdik. Bu narsa klubning to‘lov qobiliyatini xatar ostiga qo‘yardi. Bu 50 yilga mo‘ljallangan kredit bo‘lib, jamg‘arma klubga 2 milliard yevro sarflab, 50 yildan keyin uni 22 milliard yevro qilib olmoqchi bo‘ldi. Ya’ni yillik kredit 13 foizga teng bo‘lardi. Agar istasak, foiz miqdori 2dan kamroq bo‘lgan kredit olish imkoniyatiga egamiz. Shu bois, CVC investisiya jamg‘armasi bilan kelishuv reallikdan uzoq edi.

Biz Messini saqlab qolishni istadik, ammo bunday shartga rozi bo‘la olmasdik. Klub manfaati hamma narsadan ustun. Albatta, bunda barcha mas’uliyat klub zimmasida yotadi. Ammo bunday halokatli holat bizga avvalgi rahbariyatdan meros bo‘lib qolgan. Buning oqibati shunday bo‘lmoqda", – dedi Romeu "El Partidazo de COPE"ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli Messi erkin agent sifatida "Barselona"ni tark etib, "PSJ" bilan shartnoma imzoladi.

Manba: soccernews.ru
Kiritildi: 22:48, 17.09.2021.
O'qildi: 11700 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.