Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Oybek Abdurahmonov: “HUAXIN-Jizzax”, Jahon chempionatida termamizning imkoniyatlari haqida

Oybek Abdurahmonov: “HUAXIN-Jizzax”, Jahon chempionatida termamizning imkoniyatlari haqida

Baho:
+ | -

Keyingi o‘n yil ichida O‘zbekiston futzali  yuzi sifatida “Ardus”, “Lokomotiv”, “Bunyodkor”  (Toshkent),  AGMK (Olmaliq), “Maksam-CHirchiq”, “Do‘stlik-AIN” (Qarshi) jamoalarini ko‘rish mumkin bo‘ldi. Buxoroning “Kogon”, Farg‘onaning “Neftchi” jamoalari ham kuchlilar qatoriga intildi, bir marotabadan bo‘lsada medallardan biriga loyiq topildi. Chempionlik esa “Ardus”, “Lokomotiv” va ayniqsa AGMKdan ortmadi. Saxnaga “Paxtakor” ko‘tarilmaguncha olmaliqliklar bosh sovrinni ketma-ket besh marotaba begona qilishmadi. O‘tgan yilgi mavsum  esa “Paxtakor”ga bag‘ishlandi. AGMK ikkinchi o‘rin bilan kifoyalandi. Uchinchi o‘ringa kutilmaganda jizzaxliklar “bosh suqishdi”.

2018 yil tashkil topgan jamoa bir yildayoq o‘zini ko‘rsatib, kelasi yilda Oliy ligada o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi. Endi jamoaning muvaffaqiyatli davri boshlandi. Viloyat hokimi Ergash Saliyev futbolga qiziqqani, futbolning chinakam fidoyisi bo‘lganligi viloyat futbolsevarlarining baxti. Uning o‘zi ham futzal bilan shug‘ullanadi, hattoki jamoa tarkibidan rasman ro‘yxatdan o‘tgan holda mamlakat chempionati uchrashuvlarida bir necha bor maydonga tushgan. Viloyat hokimining tashabbusi bilan futzal jamoasiga viloyatda faoliyat yuritayotgan xorij kompaniyalaridan biri “HUAXIN” homiy qilib biriktirildi. Shu tufayli 2020 yildan jamoa nomi ham rasman “HUAXIN-Jizzax” deb o‘zgartirildi. Bir yilning o‘zida jamoa kuchlilar qatoriga qo‘shilishga muvaffaq bo‘ldi. 44 o‘yindan 30 tasida g‘alaba, 8 tasida durang va 6 tasida mag‘lubiyat qayd etgan holda faxrli uchinchi o‘rinni egalladi. Turnir jadvalidagi ikkinchi o‘rin egasi AGMKdan 20 ochko ortda qolgan bo‘lsa, o‘zining eng yaqin ta’qibchisi “Metallurg”ni 26 ochko ortda qoldira oldi. 

Xo‘sh, jamoaning kelayotgan mavsumdagi maqsad va vazifalari qanday? Shu va shu kabi savollar bilan “HUAXIN-Jizzax” futzal klubi sport direktori Oybek Abdurahmonovga murojaat etdik.

- Klub nomi nima uchun “HUAXIN-Jizzax”, ma’nosini tushuntirib bersangiz.

- Xabaringiz bor, viloyatimiz Respublikada iqtisodiy hududlardan biri. Bu yerda ko‘plab xorijiy kompaniyalar, tashkilotlar mahalliy kadrlar bilan hamkorlikda faoliyat olib borishyapti. Shulardan biri “HUAXIN” kompaniyasi bizning klubimizga biriktirilgan. Faoliyat turi sement ishlab chiqarish. Shu kabi chet el kompaniyasidan biri viloyatimizning “So‘g‘diyona” ayollar jamoasiga ham biriktirilgan va ularning natijalari ham maqtagudek.

- Demak, yaratilgan shart-sharoitlardan shikoyat yo‘q.

- Yo‘q albatta. Futzalchilarimiz uchun alohida baza ajratilgan, futbol o‘ynash, natija yaratish va albatta, madaniy dam olish uchun zaruriy sharoitlarga egamiz. Buning uchun avvalo viloyatimiz hokimiga, klubimiz mutasaddilariga va albatta, bosh homiyimizga minnatdorlik bildiramiz.

- Yangi mavsumga tayyorgarlik qanday? Tarkibda o‘zgarishlar katta.

- Tayyorgarlikni allaqachon boshlab yuborganmiz. Tarkibimizda sezilarli o‘zgarishlar yuz bergan. Davlat Ibragimov, Shaxzod Saidov, Sirojiddin Shokirov, Doniyor Tohirov kabi futzalchilarimiz boshqa jamoalarga o‘tib ketishdi. Ularning o‘rnini yanada tajribali futzalchilar bilan to‘ldirdik. AGMKdan Davron Choriyev, Ixtiyor Ropiyev, Anasxon Rahmatov va Husniddin Nishonov, “Paxtakor”dan Farhod Abdullayev, “Maksam-CHirchiq”dan Elbek To‘lqinov, “Metallurg”dan Xushnur Erkinov bilan shartnomalar tuzdik. Bularning aksariyati ayni paytda mamlakat futzal terma jamoasi safida Litvada o‘tayotgan Jahon chempionatida to‘p surishyapti.

- Jahon chempionati haqida so‘z ochdingiz. Xo‘sh, terma jamoamizning mundialdagi ishtiroki haqida qanday fikrdasiz?

- Yomon emas. Jahonning futzali rivojlangan 24 mamlakati qatorida bo‘lishning o‘zi katta gap. Bu hammaga ham nasib etavermaydi.

- O‘tkazgan ikkita o‘yin va ikkalasida ham duch kelingan mag‘lubiyatning sabablari nimada, deb o‘ylaysiz?

- Faqat omadning kelmaganida. Yigitlarimiz raqiblaridan, ayniqsa, jahon grandi hisoblangan Rossiyadan hech bir kam joyi sezilmadi.  Jahonning yetakchi termasiga qarshi ham to‘p surish mumkinligini, hatto durang u yoqda tursin, mag‘lub etishga ham qurbi yetishini isbotlab berishdi.

- Nimchorak finalga chiqa olamizmi? Buning uchun, sizningcha, nima qilish kerak?

- Futzalimiz tarixida ilk bor guruh o‘yinlaridan navbatdagi bosqichga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lib turibmiz. Buning uchun bugun Misr termasini mag‘lub etish kifoya. Misr “chaqilmas yong‘oq” emas, yigitlarimiz bu davlat termasi bilan bir marotaba duch kelib, o‘rtoqlik uchrashuvida g‘alaba qozonishdi ham. Bugun shu g‘alabani rasmiy o‘yinda takrorlab berishlari kerak. Ortiqcha hayajonga, bosimga o‘rin yo‘q. O‘zlarining nimalarga qodir ekanligini namoyish etishsin, isbotlashsin, tamom. Mana ko‘rasiz, hozir nimchorak haqida qayg‘uryapmiz, lekin yigitlarimiz nasib qilsa yarim finalgacha, boring ana, finalgacha yetib borishadi. Men bunga ishonaman.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 18:00, 18.09.2021.
O'qildi: 2155 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.