Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Teo Ernandes: “Boshidan Fransiya termasida o‘ynashni xohlagandim”

Teo Ernandes: “Boshidan Fransiya termasida o‘ynashni xohlagandim”

Baho:
+ | -

«Milan» himoyachisi Teo Ernandes nihoyat, Fransiya milliy jamoasiga chaqirildi. 2017 yili kuzatilgan tushunarsiz holat (u Fransiya yoshlar termasi va mamlakat futbol federasiyasi vakillari bilan aloqaga chiqmagan, qolaversa, ayni o‘sha payt OAVda do‘stlari bilan plyajda tushgan surati chop etilgandi)dan keyin iqtidorli himoyachi «qora ro‘yxat»ga tushib qolgandi. «O‘shandan buyon ko‘p vaqt o‘tdi. Hozir mutlaqo boshqa Teoman, endilikda professional ishimga jiddiy e’tibor qaratyapman. Nihoyat, terma jamoa safiga qo‘shilganimdan xursandman. Albatta, Didye Desham ishonchini oqlash yo‘lida bor kuchimni sarflayman», - dedi Ernandes L`quipe nashriga bergan intervyusida.

- Milliy jamoa chorlovi siz uchun avvalo, nimani anglatadi?

- Mamlakatning bosh jamoasiga tushish - faxr. Futbolchilar bilan tanishman. Endi milliy jamoa­da qolishga munosib ekanligimni isbotlash uchun ishlayman. Bunday imkoniyat tug‘ilganidan xursandman.

- Hozirga qadar umringizning katta qismini Ispaniyada o‘tkazdingiz. Qaysi mamlakat jamoasini tanlash borasida nechog‘li ikkilandingiz?

- Yo‘q, aslo ikkilanish bo‘lmadi. Chunki boshidan aynan Fransiya terma jamoasida o‘ynash va uning sharafini himoya qilishni xohlaganman.

- Endi chap qanot himoyachisi roli uchun akangiz bilan raqobatlashishingizga to‘g‘ri keladi...

- Har kimning o‘ziga xos ustun jihatlari bor. Albatta, o‘z ustimda ishlashda davom etaman. Ba’zan akam bilan hazillashaman: «Qarab tur, hali bu joyni sendan tortib olaman!» Jiddiy gapirganda, ikkimizda ham o‘zimizga xos fazilatlar yo‘q emas. Qolaversa, o‘yin uslubi bo‘yicha o‘rtamizda farq bor. Ehtimol, akamdan tezkorroqdirman, ammo unda tajriba yetarli. Umid qilamanki, keyingi safar terma jamoada birga ishlaymiz.

- Hujumkor sifatlaringiz bilan tanilgansiz...

- Tabiiyki, klubda o‘z zimmamdagi ishlarni bajaraman. Qisqasi, «Milan»da himoyaviy harakatlarni kuchaytirishimni talab qilishmoqda. Hozir 23 yoshdaman va ko‘proq intilishim kerakligini yaxshi tushunaman. Umuman, ham himoya, ham hujum masalasida mukammallik sari intilishim kerak.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:30, 20.09.2021.
O'qildi: 2654 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик