Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid - Alaves
15/05 01:00 Jirona - Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

YECHL. Oxirgi 7 yilda ikki marta finalga qadar yetib borgan «Atletiko» haqida

YECHL. Oxirgi 7 yilda ikki marta finalga qadar yetib borgan «Atletiko» haqida

Baho:
+ | -

Bugun Chempionlar Ligasi yangi mavsumi ishtirokchilaridan biri - «Atletiko» klubi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

UEFA reytingi (2020/21 yakuni): 6

Qanday yetib kelishdi: Ispaniya chempioni

O‘tgan mavsum: nimchorak final (mag‘lubiyat, umumiy 0:3 «Chelsi»)

Yevrokuboklardagi eng yaxshi natijasi: finalchi (1973/74, 2013/14, 2015/16)

 

Bosh murabbiy: Diyego Simeone

Klub boshqaruvida 10 yildan beri faoliyat olib borayotgan mutaxassis ikki marotaba Yevropa Ligasi sovrini, ikki marta UEFA Superkubogi sovrinlarini qo‘lga kiritdi va Chempionlar Ligasi finaliga ikki marotaba chiqdi. O‘tgan mavsumgi chempionlik Simeone boshqaruvidagi ikkinchi La Liga chempionati bosh sovrini bo‘ldi. Bu bilan argentinalik kuchi kamaymaganini yana bir marotaba ko‘rsatdi.

Asosiy o‘yinchi: Luis Suares

2020 yil yozgi transferlar oynasida klubga kelib qo‘shilgan urugvalik hujumchi jamoaga ruh bera oladigan xarid bo‘lganini isbotladi. U 2020/21 yilgi mavsumda chempionatda 21 ta gol urishga erishdi. Uning oxirgi goli esa klubi uchun oxirgi 7 yil ichida ilk Ispaniya chempionligini taqdim etdi.

Yozgi eng katta xaridi: Antuan Grizmann

Qarang, kim qaytdi. Fransiyalik hujumchi ikki yil oldin «Barselona»ga ketganidan keyin yana muxlislar mehrini qozonishi zarur. U shu kunga qadar, ya’ni 2014-2019 yillar mobaynida «Atletiko» safida 257 o‘yinda 133 gol urgan holda klub tarixida eng yaxshi beshinchi to‘purar bo‘lgandi. U qaytganidan keyin shunday dedi: "Maydonda va maydon tashqarisida o‘zimni baxtli qiladigan eng yaxshi joy".

 

O‘yinini ko‘rish kerak: Joao Felish

Endi 21 yosh bo‘lishiga qaramay klubning eng qimmat xaridi bo‘lib turgan futbolchidan albatta ko‘p narsa kutish mumkin. Shunga qaramay, o‘tgan mavsum Felish gollar soni ikki xonali raqamga aylantirdi va qobiliyati, mehnatkashligi sababli Simeonening ishonchini qozonishga muvaffaq bo‘ldi.

Bilasizmi?

O‘tgan mavsum Koke «Atletiko» tarixida Yevrokuboklarda 100 o‘yin o‘tkazgan ilk futbolchiga aylandi.

Chempionlar Ligasi yangi mavsumi ham start oldi va «matraschilar» guruh bosqichi 1-turini safarda «Portu»ga qarshi o‘tkazishdi — 0:0. «Liverpul» - «Milan» uchrashuvida 3:2 hisobi qayd etildi. Simeone shogirdlari ikkinchi turni ham safarda o‘tkazishadi. Bu safar «rossonerilar»ga qarshi.

Manba: uefa.com
Kiritildi: 10:26, 21.09.2021.
O'qildi: 2786 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.