La liga tartib-intizom qo‘mitasi "Atletiko" hujumchisi Joau Feliksga nisbatan jazo chorasini e’lon qildi. Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchi "Atletik Bilbao"ga qarshi o‘yinda (0:0) maydondan chetlatilgan edi.
Qo‘mita qaroriga ko‘ra Feliks 2ta o‘yinga chetlatildi. Shu tariqa, u "Xetafe" va "Alaves"ga qarshi bahslarni o‘tkazib yuboradi.
Joau Feliks 2 oktyabr kuni bo‘ladigan "Barselona"ga qarshi uchrashuvda ishtirok etishi mumkin.