Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Bilasizmi? Rossiya futzal terma jamoasi murabbiyi Farg‘onada tug‘ilgan

Bilasizmi? Rossiya futzal terma jamoasi murabbiyi Farg‘onada tug‘ilgan

Baho:
+ | -

Bahodir Ahmedov boshqaruvidagi O‘zbekiston futzal termasi kecha Litva-2021 mundiali guruh bosqichi 2-turida Rossiya jamoasiga qarshi parketga tushdi. Qiziqarli ma’lumot: ayni payt rossiyalik futzalchilarga ustozlik qilayotgan Sergey Leonidovich Skorovich O‘zbekistonda tug‘ilgan, ma’lum muddat yurtimizda futbol bilan shug‘ullangan.

48 yoshli Sergey Skorovich 1973 yilning 5 aprel kuni Farg‘onada tug‘ilgan. Rossiya futzal termasining amaldagi bosh murabbiyi keyinchalik 1990-1991 yillarda Qo‘qonning «Avtomobilist» klubida faoliyat yuritib, 12 marta maydonga tushgan. Shundan so‘ng Rossiyaga ko‘chib ketgan Skorovich «Spartak» (Moskva) yig‘inida qatnashgan, ammo ko‘rik natija bermagan. Bo‘lajak futzal murabbiyi shundan so‘ng 1992-1995 yillar oralig‘ida «Uralmash» (Ekaterinburg) sharafini himoya qiladi - 73ta o‘yinda 16ta gol. 1995 yili esa futboldan futzalga o‘tib, Yekaterinburgning «Luch» jamoasi libosini kiyadi. Oradan ko‘p o‘tmay, Skorovich shaharning asosiy jamoasi - mashhur «VIZ-Sinara» bilan shartnoma tuzadi. U shu tariqa «vizchilar» safida 2 marta chempionatning kumush medali va Oliy liga kubogiga ega chiqadi.

Skorovich futzalchilik faoliyatini yakunlagach, 2002 yili darhol «VIZ-Sinara» o‘rinbosarlar jamoasi boshqaruvini qo‘lga oladi. 2005 yili esa asosiy jamoaga o‘tgan murabbiy yekaterinburgliklar bilan avvaliga Rossiya kubogi, keyin UYEFA kubogida zafar quchadi. 2008/2009 va 2009/2010 yillar mavsumlarida esa «Sinara» qatorasiga 2 marta Rossiya Superligasi chempioniga aylanadi. Bu yutuqlar ortidan, 2009 yili Sergey Skorovichni Rossiya futzal termasi bosh murabbiyi lavozimiga ta­yinlashadi. 2016 yili ruslar bu murabbiy qo‘l ostida JCH kumush medalini qo‘lga kiritishadi - mamlakat mini-futbolidagi eng yuqori natija.

Sergey Skorovichning futzaldagi yutuQlari

Futzalchi sifatida

* Rossiya chempionati kumush medali sohibi - 1997/1998, 1998/1999

* Oliy liga kubogi egasi - 1998

Murabbiy sifatida

* Jahon chempionati kumush medali sohibi - 2016

* Yevropa chempionati kumush medali sohibi: 2012, 2014, 2016

* Yevropa chempionati bronza medali sohibi - 2018

* Yoshlar Olimpiadasi kumush medali sohibi - 2018

* Talabalar jamoalari turniri chempioni - 2014, 2018

* Talabalar jamoalari o‘rtasidagi jahon chempionati kumush medali sohibi - 2012, 2016

* UYEFA kubogi g‘olibi - 2007/2008

* UYEFA kubogi finalchisi - 2008/2009

* Rossiya chempioni - 2008/2009, 2009/2010

* Rossiya kubogi sohibi - 2007

* Rossiya kubogi finalchisi - 2007/2008, 2008/2009

* Rossiya chempionati kumush medali sohibi - 2005/2006, 2006/2007

* Rossiya chempionati bronza medali sohibi - 2007/2008

Sergey Skorovich - Rossiya federasiyasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy, pedagogika fanlari nomzodi.

Anvar OXUNOV tayyorladi

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 15:50, 22.09.2021.
O'qildi: 3592 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.