Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Mbappe, Fati, Pogba... 2022-yilda erkin agentga aylanadigan yulduzlar

Mbappe, Fati, Pogba... 2022-yilda erkin agentga aylanadigan yulduzlar

Baho:
+ | -

2021-yilning yozida futbol muxlislariga ko‘plab katta transferlar guvohi bo‘lishdi, ularning asosiysi Lionel Messining "PSJ"ga erkin agent sifatida kelishi va Krishtianu Ronalduning o‘z uyi hisoblanmish “Manchester Yunayted”ga qaytishi edi.

Albatta, bunday tarixiy transferlarni "unutish" deyarli mumkin emas, lekin shunga qaramay, kelasi yozda transferlar oynasidagi shov-shuvlar hech kimni befarq qoldirmasa kerak. Sababi, ko‘plab taniqli futbolchilarning o‘z klublari bilan shartnoma muddati tugash arafasida va ko‘p jamoalar bunday “charm to‘p ustalarini” o‘z safida ko‘rishni xohlashadi.

ISPORT kelasi yozda shartnomasi tugaydigan va katta klublar nishoniga aylanadigan futbolchilar ro‘yxatini tuzdi.

Kilian Mbappe ("PSJ")
Bu yozda iqtidorli hujumchi "Real" futbolchisiga aylanishi mumkinligi haqida ko‘p gap-so‘zlar bo‘ldi. Mbappening madridliklar safiga o‘tishini xohlayotgani “PSJ”ga ma’lum bo‘lsada, jamoa har gal “galaktikos”ning taklifini rad etavergan edi.



"PSJ" rahbariyati 200 million yevrodan voz kechdi va Mbappeni jamoada olib qoldi. Ammo keyingi yozda u erkin agentga aylanadi, agar klub 22 yoshli hujumchi bilan shartnomani uzaytira olmasa, forvard “qaymoqranglilar” safiga tekinga ko‘chib o‘tishi mumkin. Chunki, Kilianning o‘zi hamon “Real Madrid” libosi ostida maydonga tushish istagida ekanligi kundek ravshan.

Shartnomani uzaytirish ehtimoli: 5%

Usmon Dembele ("Barselona")
Dembele timsolida "Barselona" 2017 yilda "PSJ"ga sotib yuborilgan Neymarning o‘rnini bosuvchi bo‘lajak yulduzni ko‘rgan edi. U 4 yil ichida Kataloniya grandi tarkibida barcha turnirlarda atigi 118 ta o‘yin o‘tkazdi va u 30 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Balki, Dembelening ko‘p jarohat olishi o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyish qilishiga to‘siq bo‘lgandir.



"Barsa" xarajatlarni kamaytirish uchun kurashayotganini hisobga olsak, moliyaviy qiyinchilik tufayli “ko‘k-anorranglilar” Dembeleni tekinga qo‘yib yuborish haqida o‘ylamayotgan bo‘lsa kerak. Dembelening o‘yini klub darajasiga tenglashishi bilanoq jamoa u bilan shartnomani yangilash haqida o‘ylab ko‘rishi mumkin.

Shartnomani uzaytirish ehtimoli: 15%

Anxel Di Mariya ("PSJ")
 "Manchester Yunayted" bilan muvaffaqiyatsiz mavsumdan so‘ng, argentinalikning "PSJ"dagi o‘yini, shubhasiz, yangi ranglar bilan porladi. Shunga qaramay, fevral oyida Anxel 34 yoshga to‘ladi va parijliklar yarim himoyada ham, hujumda ham ortiqcha futbolchilarga ega.



Di Mariya hozirda ajoyib o‘́yin ko‘rsatmoqda va bu yerda tomonlar bo‘lajak shartnoma shartlarini kelishib oladimi, degan savol tug‘iladi. Bir vaqtlar argentinalik yarim himoyachi o‘z faoliyatini Argentinada tugatsa xursand bo‘lishini aytgandi, lekin hozircha bu haqida o‘ylamayotgan bo‘lsa kerak. Di Mariyaning o‘yin darajasidan kelib chiqilsa, argentinalik hali “PSJ”ni tark etmasa kerak.

Shartnomani uzaytirish ehtimoli: 75%

Paulo Dibala ("Yuventus")
Krishtianu Ronalduning Turin klubi safiga qo‘shilishidan so‘ng, Dibala "Yuventus"da qiyin davrni boshdan kechirdi. Shunga qaramay, argentinalik "keksa sinyora" tarkibida bo‘lgan eng yaxshi davrlarida Massimiliano Allegri yaratgan tizimning ajralmas bo‘g‘ini bo‘lgan.



Italiyalik murabbiy klubga qaytgach, rahbariyatdan 27 yoshli futbolchi bilan shartnomani yangilashni so‘radi. Biroq, muzokaralarning hozirgi bosqichida klub o‘z hujumchisi bilan kelisha olmagan, u klubning eng ko‘p maosh oladigan futbolchilari bilan teng maosh olishni istamoqda.

Ammo, Italiya matbuoti xabariga ko‘ra, yaqin orada "Yuventus" rahbariyati futbolchining agenti Xorxe Antun bilan muzokaralarning navbatdagi raundini o‘tkazadi, shuning uchun tomonlar kelishib olishlari mumkin. Futbolchining o‘zi faoliyatini Turin grandida davom ettirishga qarshi emas.  

Shartnomani uzaytirish ehtimoli: 60%

Ansu Fati ("Barselona")
Kataloniyalik vunderkind yozda Lionel Messi uzoq vaqtdan beri kiyib yurgan afsonaviy o‘n raqamiga ega bo‘ldi - bu "Barselona" o‘z shogirdi uchun uzoq muddatli rejalarining yorqin isboti.

Futbolchining o‘zi bir necha bor uni tarbiyalagan klub sharafini himoya qilish katta sharaf ekanligini aytgan, shuning uchun tomonlar shartnomani uzaytirishi shubhasiz.

Shartnomani uzaytirish ehtimoli: 90%

Aleksandr Lyakazett ("Arsenal")
Fransiyalik futbolchi "kanonirlar" safida 2017 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda va uning jamoadagi faoliyati yakunlanayotganga o‘xshaydi. O‘tgan yozda Lyakazett "Atletiko"ga o‘tishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgandi, ammo bunday bo‘lmadi.



Qaysidir ma’noda, bu mavsum Aleksandrning Londondagi oxirgi mavsumi bo‘ladi, degan xabarlar uzoq vaqtdan beri tarqalgan. "Arsenal"ning 20 yoshli hujumchisi Leon Balogun asosiy tarkib uchun o‘yinlarga muntazam ravishda jalb qilinganligini hisobga olsak, "Emireyts"da Lakazett yana bir necha mavsum qolish ehtimoli juda ham past.

Shartnomani uzaytirish ehtimoli: 20%

Luis Suares  ("Atletiko")
O‘tgan mavsum Luis Suares "Barselona"ga u hali ham bu yerda kurashuvchan, jamoaga foydasi tega oladigan TOP futbolchi ekanligini ko‘rsatdi. Va endi Antuan Grizmann jamoaga qaytdi, vaziyat qay tarzda rivoj olishini kutish kerak.



Albatta, urugvaylik o‘yinchi bahorda 35 yoshga to‘ladi, lekin futbolchining yoshi shunchaki raqam ekanligini misollar ko‘p. Aftidan, Suares Madrid klubidagi "oxirgi so‘zini" hali aytmagan.

Shartnomani uzaytirish ehtimoli: 70%

Pol Pogba ("Manchester Yunayted")

Pogba "qizil iblislar" safiga futbol tarixidagi eng qimmat o‘yinchi sifatida o‘tgandi. Ammo u yangi jamoasi safida o‘z mahoratini tezda namoyish eta olmadi. U o‘tgan mavsumdan boshlab jamoaning muhim a’zosi ekanini isbotlay boshladi. Sulsher nihoyat fransiyalik futbolchi uchun ideal joy topdi.



Pol o‘z uzatmalari orqali jamoasining xavfli hujumlariga asos sola boshladi. Pogbaning muammosi uning nafaqat "kayfiyat o‘yinchisi" ekanida, balki ko‘p pul talab qiluvchi agenti  bilan bog‘liq. Rayola bilan kelishuvga erishish oson ish emas.

Futbolchining o‘zi esa hozircha kelajagi borasida sukut saqlashni ma’qul ko‘rmoqda. Agent esa o‘z mijozini "Real"ga olib o‘tmoqchi. Agar joriy mavsum Pogba va "MYU" uchun muvaffaqiyatli kechib, sovrinlar qo‘lga kiritilsa, futbolchi "Yunayted" bilan yangi shartnoma imzolashi ham mumkin.

Shartnomani uzaytirish ehtimoli: 50%

Frank Kessiye
Kot-d'iuvarlik yarim himoyachi o‘tgan mavsumda "rossoneri" safida yaxshi harakat qildi, barcha musobaqalarda 50 ta o‘yinda qatnashdi va 14 ta gol urdi, bu markaziy yarim himoyachi uchun juda yaxshi ko‘rsatgich hisoblanadi.



"Milan" futbolchiga maoshni uch baravar oshirishni taklif qildi, ammo u rad etdi - u ko‘proq narsani xohlaydi. "PSJ" va "Liverpul" allaqachon Kessiyening agenti bilan muzokara uyushtirishga urinib ko‘rishgan, shuning uchun bu mavsum Frank uchun Italiya klubi safida oxirgisi bo‘lsa kerak.

Shartnomani uzaytirish ehtimoli: 5%

Lorenso Insinye
Neapolda tug‘ilgan va jamoaning sevimlisi hisoblangan Lorenso, Italiya terma jamoasi tarkibida Yevro-2020ni ajoyib o‘tkazdi.



Futbolchi 2009 yildan buyon "Napoli" tarkibida maydonga tushadi, u futbolchilik faoliyatini boshlaganida faqat qisqa muddatli ijara tugayligina jamoani tark etgan edi.

Insinye katta shartnoma uchun muhitni va sevimli klubini o‘zgartirishi dargumon. Yozda "Tottenxem" haqida mish-mishlar tarqalgandi, ammo bu mish-mish bo‘lib qoldi.

Shartnomani uzaytirish ehtimoli: 90%

Balki kelasi transfer oynasi o‘tgan safargidek bo‘lmas. Negaki Messi va Ronaldu u transferlarda klubini o‘zgartirish ehtimoli kam. Lekin ishoning, kelasi yili bo‘ladigan transferlar shov-shuvi hammamizni hayratga sola oladi. Kutamiz, kuzatamiz.

Kiritildi: 11:00, 24.09.2021.
O'qildi: 6112 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.