Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Hakim Fuzaylov: «6 ochkoli o‘yinda yutdik, ammo Superliga haqida gapirishga hali erta»

Hakim Fuzaylov: «6 ochkoli o‘yinda yutdik, ammo Superliga haqida gapirishga hali erta»

Baho:
+ | -

Pro liga 19-turi doirasidagi «Nurafshon» - «Dinamo» (0:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab Samarqand jamoasi bosh murabbiyi Hakim Fuzaylovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Hakim Qayumovich, muhim o‘yindagi g‘alaba bilan tabriklaymiz. O‘yin borasidagi fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz...
- Ikkinchi bosqichdagi har bir ochkoning qadri baland. Oldin ham aytgandim, Pro ligada oson o‘tadigan o‘yinning o‘zi yo‘q. Kutganimizdek juda ham asabiy va og‘ir o‘yin bo‘ldi. Eng avvalo futbolchilarimizga minnatdorchilik bildiraman, ular qiyinchiliklarga qaramay o‘yin oxirigacha kurash olib borishdi va yakunda g‘alaba qozonishdi. O‘yinning qanday o‘tgani menga yoqdi. To‘g‘ri, himoyada ham, hujumda ham kichik xatolarimiz bor. O‘yinni tahlil qilib, xulosa chiqaramiz. Bugun jamoa xarakteri evaziga o‘yinda g‘olib chiqdi.

- Jamoaning asosiy himoyachilaridan biri Dmitro Sidorenkoning tarkibda yo‘qligi nima bilan bog‘liq?
- U jarohati sababli Buxoroga kela olmadi. Shuningdek, Oleg Marchuk ham biroz shamollagani bois asosiy tarkibdan o‘rin olmadi. Qolaversa, Siroj Meliyev va Farhod Rahmatov ham kecha biroz betob edi.

- «Dinamo» bugun 6 ochkoli o‘yinda asosiy ta’qibchisini mag‘lub etdi, deyish mumkin va oradagi ochkolar farqini 7taga yetkazdi. Aytingchi, «Dinamo» Superligaga chiqish vazifasini necha foizga bajardi desak bo‘ladi?
- Bu haqda gapirishga hali erta deb hisoblayman. To‘g‘ri, bugun 6 ochkoli o‘yin bo‘ldi, ammo faqat bugungi bahs emas, ushbu bosqichda to‘rt jamoa ishtirokidagi har bir o‘yin 6 ochkoli bo‘ladi. Oldinda 5 o‘yin bor va bu 15 ochko uchun kurash degani. Shunday ekan, hammasi hali oldinda.

- Bugun penalti ishlab, gol urgan Ro‘zimboy Ahmedov jamoa futbolchilariga qanchalik ta’sir o‘tkaza olmoqda?
- U katta tajribaga ega futbolchi. Ro‘zimboy jamoamizga kelgani bilan o‘zining yetakchilik qobiliyatini ishga solmoqda. Ahmedov hozirgi yoshida ham har mashg‘ulotda ter to‘kib ishlamoqda, hech bir mashg‘ulotlarni o‘tkazib yubormaydi. U jamoadagi yoshlarga o‘rnak bo‘ladigan o‘yinchi.

Usmon Ibodov suhbatlashdi.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 14:02, 24.09.2021.
O'qildi: 1724 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик