Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Futzal. Ro‘yxatdan o‘tkazishning so‘nggi muddatlari

Futzal. Ro‘yxatdan o‘tkazishning so‘nggi muddatlari

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, joriy yilning oktyabr oyidan e’tiboran futzal bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 2021/22 yilgi mavsumi start oladi.

“2021/22 yilgi mavsumda O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan futzal musobaqalari reglamenti” 10.1-bandida ko‘rsatilgandek, futzalchilarni musobaqalarga ro‘yxatdan o‘tkazish 2021 yilning 2 avgustidan 2021 yilning 6 oktyabr kuniga qadar davom etadi. Qishki transfer oynasi esa 2022 yilning 17 yanvaridan shu yilning 12 fevraliga qadar ochiq bo‘ladi.

2021 yil 1 oktyabr kunidan 6 oktyabr kunigacha futzal bo‘yicha Oliy liga bahslarida qatnashuvchi jamoalar uchun tegishli hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazishning so‘nggi muddatlari sifatida qayd etilgan.

Jamoalarning ro‘yxatdan o‘tish tartibi quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

1 oktyabr (9:00 — 13:00) — AGMK

1 oktyabr (14:00 — 18:00) — “Maksam-CHirchiq”

2 oktyabr (9:00 — 13:00) — “Dinamo”

2 oktyabr (14:00 — 18:00) — “Neftchi”

3 oktyabr (9:00 — 13:00) — “Navbahor”

3 oktyabr (14:00 — 18:00) — “Nasaf”

4 oktyabr (9:00 — 13:00) — “Metallurg”

4 oktyabr (14:00 — 18:00) — “Stroitel Zarafshon”

5 oktyabr (9:00 — 13:00) — “Lokomotiv”

5 oktyabr (14:00 — 18:00) — “Bunedkor”

6 oktyabr (9:00 — 13:00) — “Paxtakor”

6 oktyabr (14:00 — 18:00) — “HUAXIN-Jizzax”.

Bunda 7 oktyabr barcha futzal jamoalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazishning so‘nggi kuni sifatida belgilanadi. Ya’ni, transfer oynasining so‘nggi kuni bo‘lgan 6 oktyabrda tuzilgan mehnat shartnomalarini 7 oktyabr kuni O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Jamoalar dam olish kunlaridan tashqarida, aniqrog‘i, 1 oktyabr sanasiga qadar ham ro‘yxatdan o‘tkazish ishlarini amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Oliy liganing yangi mavsumiga qur’a tashlash marosimi sanasiga tez orada aniqlik kiritiladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 23:11, 24.09.2021.
O'qildi: 1900 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.