Fransiyalik futbolchi Samir Nasri futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Bu haqda L'Équipe xabar berdi.
Unga ko‘ra, «Manchester Siti», «Arsenal», «Marsel», «Anderlext» va boshqa jamoalarida to‘p surgan yarim himoyachi 34 yoshida futbol yashil maydon bilan xayrlashdi.
Nasri faoliyatini yakunlashiga asosiy sabablardan biri sifatida doping iste’moli tufayli 18 oyga futboldan adolatsiz chetlatilganini aytib, futbolga bo‘lgan munosabati o‘zgarganini ta’kidladi.
Samir faoliyati davomida ikki marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan, bir martadan Angliya liga kubogi va Angliya superkubogi g‘olibiga aylangan.













