Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

YECHL. 2009 yilda tashkil topgan klub to‘rtinchi mavsum musobaqada ishtirok etmoqda

YECHL. 2009 yilda tashkil topgan klub to‘rtinchi mavsum musobaqada ishtirok etmoqda

Baho:
+ | -

So‘nggi mavsumlarda Yevropa Chempionlar Ligasida yaxshi o‘yin ko‘rsatayotgan «Leypsig» jamoasi bu mavsum ushbu ishni davom ettirishga harakat qilib ko‘radi. Ammo, bu safar yanada qiyin guruh va undan chiqish uchun Germaniya klubi anchagina ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi.

UYEFA reytingi (2020/21 yakuni): 21

Qanday yetib kelishdi: Germaniya vise-chempioni

O‘tgan mavsum: nimchorak final (mag‘lubiyat, umumiy 0:4 «Liverpul»)

Yevrokuboklardagi eng yaxshi natijasi: yarim final (2019/20)

 

Bosh murabbiy: Jessi March

Amerika Qo‘shma Shtatlarida tug‘ilgan murabbiy dastlab Yevropada «Zalsburg» klubini boshqargan va ketma-ket ikki marta Avstriya chempioni bo‘lgan. Shundan keyin esa «Leypsig» jamoasidan taklifni qabul qilgan. Uning hozirgi vazifasi - «Bavariya»ga o‘tib ketgan Yulian Nagelsmanning o‘rnini to‘ldirish. Bu oson topshiriq emas, ammo futbolda deyarli hamma narsa bo‘lishi mumkin.

Asosiy o‘yinchi: Dani Olmo

2019 yilda Ispaniya yoshlar termasi bilan Yevropa chempioni bo‘lgan «Barselona» tarbiyalanuvchisi Zagrebning «Dinamo»sida 5 yillik faoliyatdan keyin o‘tgan yili «Leypsig» safiga borib qo‘shildi. Yevro-2020 musobaqasida Ispaniyaning eng yaxshi o‘yin ko‘rsatgan futbolchilaridan biri, hujumkor yarim himoyachi ushbu yozni Olimpiadaning kumush medali bilan yakunladi.

Yozgi eng katta xaridi: Andre Silva

Frankfurtning «Ayntraxt» klubida 32 o‘yinda 28 gol kiritganidan keyin, portugaliyalik hujumchiga talab juda yuqori bo‘ldi. «Leypsig» u bilan shartnoma imzoladi va bu kelishuv o‘tgan yili yozda «Chelsi»ga o‘tib ketgan Timo Vernerning markazda yakunlovchi zarbani beradigan nuqtani yopishi uchun katta qo‘shimcha bo‘lishi mumkin.

O‘yinini ko‘rish kerak: Brayan Brobbey

O‘tgan yili «Ayaks» kattalar jamoasidagi debyut o‘yinida "Fortuna Sittard" darvozasini ishg‘ol qilgan hujumchi Chempionlar Ligasi yoki Yevropa Ligasining birorta bahsida maydonda ko‘rinish bergani yo‘q. 19 yoshli futbolchiga Myunxenning «Bavariya» hamda Dortmundning «Borussiya» jamoalari qiziqish bildirishayotgandi. Ammo, u yakunda iyun oyida «Leypsig» safiga borib qo‘shildi.

Bilasizmi?

2009 yilda tashkil topgan klub, «Leypsig» ilk bor 2016 yilda Bundesligaga chiqqan. O‘shandan beri, ular Chempionlar Ligasida 4 marta qatnashishdi va bir mavsum Yevropa Ligasida ham o‘ynashdi.

Joriy mavsum "qizil buqalar" o‘rin olgan kvartetda "Manchester Siti", PSJ hamda «Bryugge» jamoalari bor. Birinchi turda 3:6 hisobida «shaharliklar»ga imkoniyat boy berilgan bo‘lsa ham, munosib qarshilik ko‘rsatildi. Endi 2-turda ularni «Bryugge»ga qarshi uy o‘yini kutib turibdi. Bahs 28 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:55da boshlanishi ko‘zda tutilgan.

Manba: uefa.com
Kiritildi: 10:28, 27.09.2021.
O'qildi: 5321 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.